Neologizmlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neologizmlar (yun. neos — yangi, logos — soʻz) — jamiyat taraqqiyoti, hayotning talab-ehtiyoji bilan paydo boʻlgan yangi narsa va tushunchalarni ifodalovchi soʻzlar. N.ning yangiligi dastlab paydo boʻlgan vaqtlardagina se-zilib turadi: vaqt oʻtgach, ular "yangilik" xususiyatini yoʻqotib, odatda, faol soʻzlar qatoriga oʻtadi. Mac, oʻzbek tili uchun bir qancha yil davomida yangi hisoblangan marketing , qayta qurish, reyting , tender soʻzlari hozirgi kunda umumisteʼmoldagi soʻzlarga aylanmoq-da. Tildagi umumiy N. bilan bir qatorda individualuslubiy yoki okkazional N. ham mavjud. Bunday N. mualliflar tomonidan maʼlum bir kontekstda uslu-biy talab asosida yaratiladi.

N. ilmiy asarlarda shu uslubga xos termin sifatida atash (nominativ) vazifasini bajaradi. Badiiy asarlarda, odatda, uslubiy vazifani bajaradi. N.ning paydo boʻlish yoʻllari xilma-xil boʻlib, ular tilning mavjud lugʻaviy tarkibi va grammatik qonun-qoidalari asosida yangi soʻz yasash yoʻli, shuningdek, mavjud soʻzning lugʻaviy maʼnolaridan birini yangi maʼnoda qoʻllash yoʻli bilan va boshqa tildan soʻz qabul qilish orqali hosil qilinadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil