Necati Şaşmaz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nejati Shashmazdan yoʻnaltirildi)
Nejati Shashmaz
Muhammad Necati Şaşmaz
Tavalludi 15-dekabr 1971-yil [1][2][3]
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 2003

Muhammed Nejati Shashmaz (turkcha: Muhammed Necati Şaşmaz: 1971-yil 15-dekabrda tugʻilgan) — turkiyalik aktyor, mashhur „Kurtlar Vadisi“ („Boʻrilar vodiysi“) teleserialida Poʻlat Alemdar rolini oʻynaganligi va uning „Kurtlar Vadisi Irak“ filmi bilan ham mashhur.[5]

Nejati Shashmaz Turkiyaning Elazigʻdagi Harput shahrida  asli zaza oilasida[6] Abdülqodir Shashmazning toʻngʻich oʻgʻli boʻlib tugʻilgan.[7] U Turkiyada ham, Kanadada ham Turizm va mehmonxona boshqaruvi boʻyicha tahsil olgan. U olti yil davomida AQShda yashab, Turkiyaga ota-onasinikiga tashrif buyurgan.

Istanbulda Necati Shashmaz taniqli turk rejissyori Usmon Sınav bilan uchrashdi va unga Boʻrilar vodiysida bosh rolni taklif qildi. U serial va kinoda fantastik qahramon Po‘lat Alemdar rolini ijro etgan. Hozirda u „Kurtlar Vadisi: Pusu“ (Boʻrilar vodiysi: Pistirma) deb nomlangan asl serialning bosh rolida oʻynaydi.

U 2012-yilda Nagehan Kaşıkchi bilan oila qurdi, lekin 2019-yilda ajrashish uchun ariza berdi. Ularning ajrashishlari 2021-yilda yakunlandi.[8]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film
Yil Nomi Rol
2006 Qashqirlar vodiysi: Iroq Poʻlat Alemdar Bosh rol
2011 Qashqirlar makoni Palestina Poʻlat Alemdar Bosh rol
Televideniya
Yil Nomi Rol
2003-2005 Qashqirlar makoni Poʻlat Alemdar Bosh rol
2005 Non teknesi Poʻlat Alemdar
2007 Qashqirlar makoni Terror Poʻlat Alemdar Bosh rol
2007-kunimiz Qashqirlar makoni Qopqon Poʻlat Alemdar Bosh rol, Prodyusser
2010 Halil Ibrohim Sofrasi Necati Şaşmaz
2012 Qashqir qonuni Anvar Poshsho
2015 Qora qutti Abdulaziz Xodiyev
Prodyusser, 

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Abdulqodir Shashmaz (Abdulkadir Şaşmaz) — otasi.
  • Sohil Shashmaz (Sahil Şaşmaz) — onasi.
  • Negexon Shashmaz (Nagehan Şaşmaz ajrashgan) — turmush oʻrtogʻi.
  • Ali Nodir Shashmaz (Ali Nadir Şaşmaz) — oʻgli
  • Zubayr Shashmaz (Hilmi tr:Zübeyr Şaşmaz) 1982 — ukasi
  • Raji Shashmaz (en:Raci Şaşmaz) 1973 — ukasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Fobim var: Aşk!“ (2012-yil 16-dekabr). 2013-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-dekabr.
  2. „Necati Şaşmaz'dan sürpriz evlilik“ (2012-yil 13-dekabr). 2016-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-dekabr.
  3. „Necati Şaşmaz önce besmele çekti sonra imza attı!“. medyafaresi (2012-yil 13-dekabr). 2014-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-dekabr.
  4. „Kim Kimdir?� Biyografi Bankas� - FORSNET“. www.kimkimdir.gen.tr. 2021-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-may.
  5. „Necati Sasmaz - Trailer - Showtimes - Cast - Movies - New York Times“ (2008-yil 17-yanvar). 2008-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named auto2
  7. „Meclis'e sıçrayan polemik“. www.haberturk.com (2013-yil 30-may).
  8. „Necati Şaşmaz ve Nagehan Şaşmaz boşandı“. Sözcü (2021-yil 17-may). Qaraldi: 2021-yil 17-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]