Natalie Imbruglia

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Natalie Imbruglia
NatalieImruglia.jpg
Kelib chiqishi Sidney
Mamlakat Avstraliya
Janr pop
Leybl RCA Records (1997-2004) Brightside (2005-...)
Veb-sahifa www.natalieimbruglia.co.uk

Natalie Jane Imbruglia (Natali Imbrulya) — avstraliyalik qoʻshiqchi va aktrisa.

Mundarija

[tahrir] Biografiya

U 1975-yil 4 fevralda Sidney yaqinidagi Birkleueil nomli shaharchada, italiyalik immigrant va avstraliyalik aborigen oilasida tavallud topadi. Yoshligidan Natali balet bilan shugʻullana boshlaydi. Vokal bilan 13 yoshidan beri professional tarzda shugʻullanadi, avval televizion reklama, keyinchalik "Qoʻshnilar" serialida suratga tushishni boshlaydi. Shu serialdan oʻz karyerasini Kayli Minoug ham boshlagan edi.

1994-yili Imbrulya Londonga koʻchib ketadi, u yerda Cure guruhining ishtirokchisi Fil Tornelli va BMGning faoliyatchisi Mark Foks bilan tanishadi. Londonda u Torn qoʻshigʻining demo-versiyasini yozadi va RCA Records leybli bilan shartnoma imzolaydi. Bu singl 1997-yili chiqadi va Britaniya rasmiy sotuvlar chartida ikkinchi oʻrinni egallab, halqaro hitga aylanadi. Tarona Britaniya gazetasi Daily Mirror tomonidan yilning singli deb eʻlon qilinadi, Natalining oʻzi esa "yilning eng yaxshi ayol vokali" nominatsiyasida ikkinchi oʻrinni egallaydi. 1998-yili u MTV Video Music Awards'da "eng yaxshi yangi ijrochi" nominatsiyasida birinchi oʻrinni, 1999-yili esa "Gremmi"ning nominatsiyasida gʻalaba qozonadi. Singl ketidan Left Of The Middle nomli debyut albom chiqadi.

2002-yilda Natali rejissyor Piter Hauittning "Agent Jonni Inglish" komediyaviy filmida suratga tushadi. 2003-yilda Silverchair guruhining musiqachisi Deniel Jonsga turmushga chiqadi.

[tahrir] Diskografiya

[tahrir] Albomlar

[tahrir] Singllar

[tahrir] Havolalar

Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda