Muzkoʻl tizmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muzkoʻl tizmasi - Sharqiy Pomir (Tojikiston)dagi tizma. Murgʻob daryosidan shim.da. Asosan kenglik boʻylab choʻzilgan, shim.ga yoysimon bukilgan. Uzunligi 110 km. Eng baland joyi 6233 m. Aksari metamorfik slanets, ohaktosh va qumtoshlardan tarkib topgan. Baland joylari togʻ-muzlik relyefiga ega; muzliklar bor. Tik yon bagʻirlarida qoya va qurum toshlar, etaklarida baland togʻ siyrak choʻl oʻsimliklari uchraydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil