Muso

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muso — Qurʼonda tilga olingan pay-gʻambarlardan biri. Qad. yahudiy manbalarida Moshe, xristian manbalarida Moisey nomi bilan maʼlum. Yahudiylikka eʼtiqod qiluvchilar M.ni iudaizm asoschisi deb hisoblaydilar. Qurʼonning bir necha suralarida M.ning nomi qayd etilgan. Baʼzi rivoyatlarda M. "Bani Isroil" qabilasida tugʻilishi, Misr podshohi (firʼavn)ning taxtdan ketishiga sababchi boʻlishi, taqdir taqozosi bilan Misrdan qochib ketishi va arab qiziga uylanganligi aytiladi. Xudo M.ni Isroil qabilasini Firʼ-avn zulmidan ozod qilib, Misrdan olib chiqib ketishga daʼvat qiladi. Unga Sino togʻida "10 vasiyat" tosh la-vhasini takdim etadi. M. qoʻlidagi tayo-qning ilonga aylanishi, choʻntagidan qoʻlini chiqarganda oyna kabi yaltirab koʻzlarni qamashtirishi kabi moʻʼjizalarga ega boʻlgan. Unga Tavrot nozil etilgan. M.ni yahudiylar, musulmonlar, xristianlar paygʻambar deb hisoblaydilar.

Adabiyot[tahrir]

  • Paygʻambarlar qissasi, T., 1993.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil