MuseScore

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
MuseScore

MuseScore dasturining 2.0 versiyasi skrinshoti
MuallifWerner Schweer
Ishlab chiqaruvchiWerner Schweer, Nicolas Froment, Thomas Bonte va boshqalar
Eng so‘nggi versiyasi2.0.2 / 16-iyul 2015-yil
Operatsion sistemaMicrosoft Windows, Mac OS X, Linux
Til(lar)C++
JanrNota tahrirlovchi
LitsenziyaGNU General Public License (erkin)
Vebsayt:musescore.org

MuseScore (talaffuzi: MyuzSkor) — nota tahrirlovchi. Dastur Microsoft Windows, Mac OS X va Linux operatsion sistemalarida ishlaydi. MuseScore ochiq manbali dasturdir.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

MuseScore boshida MusE dasturiga qoʻshimcha sifatida tayyorlangan. Oʻsha paytda MusEda nota tahrir qilish mumkin edi. 2002-yil MusEni ishlab chiqqanlarning biri boʻlmish Werner Schweer MusEdagi nota tahrirlash funksiyasini olib tashladi va alohida nota tahrirlovchi dastur tayyorladi.[1] Oʻsha paytdan beri MuseScore alohida dastur sifatida faol yangilanib kelyapti.

www.musescore.org sayti ilk bor 2008-yil ishga tushdi.[2] Oʻsha yili dasturni koʻchirib olishlar soni keskin oʻsa boshladi. 2008-yil dekabriga kelib dasturni saqlab olishlar soni oyiga 15 000 martagacha yetdi.

Versiya 0.9.5 2009-yil avgustda eʼlon qilindi. Bu versiya kundalik ravishda ishlatish uchun yetarli darajada barqaror edi va uni Mac OS Xda ham ishlatish mumkin edi.[3] 2009-yil oktabrga kelib MuseScoreni kuniga 1 000 martadan oshiq koʻchira boshlashdi. 2010-yil yakunida boʻlsa koʻchirib olishlar soni uch barobarga oshdi.[4] 2013-yil oxirida loyiha SourceForgedan GitHubga koʻchib oʻtdi. Oʻsha paytdan beri dastur necha marta koʻchirib olingani haqida ommaviy maʼlumot yoʻq. Shunday boʻlsa-da, 2015-yilning mart oyida MuseScore tarqatgan pres-relizda dastur 8 million martadan oshiq marta koʻchirib olingani aytildi.[5]

MuseScore 1.0 2011-yil fevral oyida chiqarildi. Oxirgi versiya boʻlmish 2.0.2 2015-yil iyul oyida chiqarilgan.

Versiyalar tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

MuseScore versiyalari muayyan bir reja boʻyicha chiqmaydi. Yangi versiyalar tayyor boʻlganida eʼlon qilinadi.

Asosiy relizdan oldingi versiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Versiya 0.9.5 2009-yil avgustda chiqarilgan. Bu ilk barqaror va Mac OS X operatsion sistemasida ham ishlaydigan versiyadir.[3]
  • Versiya 0.9.6 2010-yil iyunda chiqarilgan.[6] Bu versiyada juda koʻp yangi funksiya bor edi, jumladan, umumiy MIDI standartiga asoslangan holda barcha asbob qismlarini qoʻllash, koʻp oʻlchamli pauzalarni qoʻllash, kalitlarni qoʻllash hamda notalarni boʻlishish mumkin boʻlgan musescore.com saytiga bogʻlangan „onlayn saqla“ funksiyasi.[7]

MuseScore1[tahrir | manbasini tahrirlash]

MuseScore 1.2 skrinshoti (Ubuntu operatsion sistemasida)
  • 2011-yil fevralda MuseScore 1.0 chiqarildi.[8] Bu versiyada yangi funksiyalar qoʻshish oʻrniga barqarorlikka koʻproq eʼtibor berilgan.
  • 2011-yil iyulda MuseScore 1.1 chiqarildi. Bu versiyada 60 ga yaqin xatoliklar tuzatildi hamda jaz nota varaqalarini qoʻllash funksiyasi yaxshilandi.[9] Bu versiyaga yana onlayn aloqa qilish va chop etish imkonini beruvchi MuseScore Connect funksiyasi qoʻshildi.[10]
  • 2012-yil mart oyida MuseScore 1.2 eʼlon qilindi.[11] Bu versiyada 100 ga yaqin xatoliklar tuzatildi, MusicXML import va eksport qilish yaxshilandi hamda maxsus belgilarni qoʻllash oʻnglandi.[12] Bu versiyada dasturni ochganda chiqadigan demo sifatida Marc Sabatellaning „Reunion“ asari tanlandi.
  • Asosan xatoliklar bartaraf etilgan MuseScore 1.3 versiyasi 2013-yil fevral oyida eʼlon qilindi.[13]

MuseScore 2[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • MuseScore 2.0 2015-yil martda chiqarildi. Juda koʻp yangi funksiya, jumladan, tabulaturalarni ochish hamda gitara akkordlari diagrammalari, qism/partituralarni tahrirlash, suratga olish, ikkita yangi musiqa fonti hamda MusicXML 3.0 ni qoʻllash funksiyalari qoʻshildi.[14]
  • MuseScore 2.0.1 2015-yil mayda chiqarildi.[15] Bu versiyada qator kamchiliklar tuzatildi, Isaac Weissning „Getting Started“ asarini chalish boʻyicha qoʻllanma va boshqa bir necha andoza taqdim etildi.[16]
  • MuseScore 2.0.2 2015-yil iyulda eʼlon qilindi. Bu versiyada ham bir nechta xatolik tuzatildi va yangi funksiyalar, jumladan, turli ornamentlarni ijro etish funksiyasi qoʻshildi.[17] Bu versiya bilan birgalikda „MuseScoreni oʻrganish“ (inglizcha: Mastering MuseScore) professional qoʻllanmasi chiqarildi.[18]

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

MuseScorening asosiy vazifasi turli musiqa partituralarini yaratishni, tahrirlashni va bosmadan chiqarishni „nimani koʻrayotgan boʻlsang oʻshani olasan“ (inglizcha: What You See Is What You Get) muhitda amalga oshirishdir. Dastur deyarli barcha nota yozuvi turlarini qoʻllaydi va yuqori sifatli nota varaqalarini eksport qiladi yoki bosmadan chiqaradi. MuseScorening notalash uslubi mavjud standartlarga mos keladi.

Dasturda yozilgan notalarni oʻrnatilgan sintezator va misol kutubxona yordamida eshitib koʻrish mumkin.[19] SoundFont formatidagi boshqa sodda kutubxonalarni qoʻllanuvchi mustaqil ravishda oʻrnatishi mumkin.[20] Musiqa asarini eshitayotganda xorus va reverberatsiya effektlaridan ham foydalanish mumkin.[21]

MuseScore yordamida qismlarni eksport qilish, MIDI fayllarni import qilish, istagancha nota qatorini qoʻshish, zarb bilan chalinadigan asboblar notalarini yozish, avtomatik ravishda asar kalitini oʻzgartirish, va qoʻshiq matnini qoʻshish mumkin. Dastur funksiyalarini mavjud qoʻshimcha ulash sistemasi yordamida yanada kengaytirish mumkin.[22]

Ishlatish mumkin boʻlgan fayl formatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

MuseScore MusicXML, MIDI, Band-in-a-Box, Guitar Pro, capella (cap3 formatida, CapXML formatida emas) va Overture formatlaridagi va oʻzining MuseScore hamda Compressed MuseScore formatidagi fayllarni import qila oladi.[23] Dastur MusicXML hamda MIDI fayl formatlariga eksport qila oladi. Tovushni WAV, FLAC, MP3 va OGG fayl formatlariga eksport qilish mumkin. Nota yozuvlarini boʻlsa PDF, SVG, PNG va PostScript formatlariga eskport qilish yoki toʻgʻridan-toʻgʻri chop etish mumkin.[24]

MuseScore Sibelius va Finale fayl formatlarini import qila olmasa-da, dasturning MusicXML formatini qoʻllashi mazkur dasturlar orasida fayl almashishni osonlashtiradi.

Onlayn chop etish[tahrir | manbasini tahrirlash]

MuseScore Connect funksiyasi musiqachilarga oʻzlarining asarlarini musescore.com saytida onlayn chop etish va boʻlishish imkonini beradi.[25] Pul toʻlovchi obunalar shu funksiya yordamida cheksiz asar bilan boʻlishishlari mumkin. Bepul hisob ham ochish mumkin, ammo bunday hisob egalari beshtagacha partitura yuklay oladilar xolos.[26]

Musescore.com saytini HTML5 audio tegini qoʻllovchi har qanday brauzerda ochib, partituralarni tinglab koʻrish mumkin. Partiturani yana foydalanuvchi notadagi asar ijrosini koʻrishi uchun mos keladigan onlayn videoga ulash mumkin.

Mobil versiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning may oyidan beri dasturning iOS va Android uchun versiyalari chiqarib kelinadi. Bu versiyalar MuseScorening nota boʻlishish saytiga bogʻlangandir.[27] Oʻrganish jarayonini osonlashtirish uchun mobil versiyaga partituralarni eshitish, tempni oʻzgartirish, asar kalitini oʻzgartirish, qismlarni aralashtirish funksiyalari qoʻshilgan.

Portativ versiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

MuseScore yana portativ moslamalarda ham ishlaydi. Dasturni turli kompyuter sistemalarida ishlata olish uchun uni CD, USB flesh drayv, flesh karta yoki floppi diskda saqlash mumkin.

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastur tuzuvchilari Werner va Nicolas MuseScore dasturining 2.0 versiyasini muhokama qilmoqda

MuseScore erkin va ochiq kodli dastur boʻlib, asosan C++ tilida yoziladi. Dasturni tayyorlash GitHubda amalga oshadi. Werner Schweer, Nicolas Froment va Thomas Bonte loyihaning yetakchi tuzuvchilaridir. Bundan tashqari, keng omma ham dasturni ishlab chiqishda ishtirok etadi. MuseScore ham 32-bit, ham 64-bit platformalarda ishlaydi. Dasturning grafik foydalanuvchi interfeysi (inglizcha: Graphical user interface, GUI) Qt asbobi yordamida ishlaydi.

Qoʻllanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

MuseScorening kuniga juda koʻp marta koʻchirib olinishi uning foydalanuvchilar tomonidan keng qoʻllanilayotganidan darakdir. Bir necha Linux tarqatuvchilar MuseScoreni Ubuntu Software Center kabi dastur kutubxonalariga qoʻshishadi.[28] Dastur yana Windows uchun bepul dasturlarni oʻziga jamlagan VALO-CD toʻplamiga ham qoʻshilgan edi.[29]

Bir necha taʼlim mahkamalari, jumladan, Dryu va Ionia universitetlari MuseScoredan foydalanishadi.[30] Kanadaning Quebec shahrida joylashgan Milles-îles regionidagi 10 000 dan oshiq taʼlim mahkamalari kompyuterlariga MuseScore oʻrnatilgan.[31]

MuseScore va „Goldberg variatsiyalari“[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda Johann Sebastian Bachning „Goldberg variatsiyalari“ asarining yuqori sifatli bosma va audio versiyalarini chiqarish uchun loyiha tashkil etildi.[32] Loyiha MuseScorening yanada takomillashishiga olib keldi. Xususan, yuqori sifatli variatsiya uchun kerak boʻladigan qoʻshimcha funksiyalar qoʻshildi.[33] Yangi funksiyalar dasturning 2.0 versiyasiga qoʻshildi.

Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun Kickstarter kampaniyasi tashkil etilib, yetarlicha mablagʻ toʻplandi. MuseScore tuzuvchilari va musiqachi Kimiko Ishizaka birgalikda asarning bosma notasini va audio yozuvini tayyorlashdi.[34] Yakuniy partitura butunlay MuseScoreda yozildi. Uni bepul koʻchirib olish mumkin.[35]

2013-yil koʻzi ojizlar notalardan kengroq foydalana olishiga imkon yaratish uchun Bachning „Well-Tempered Clavier“ asarining Brayl yozuvidagi versiyasini chiqarish uchun loyiha ishga tushdi. Hozirgi kunda „Goldberg variatsiyalari“ asarlarining Brayl notalarini bepul koʻchirib olish mumkin.[36]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Phillips, Dave „At the Sounding Edge: Music Notation Software, the Final Installment“. Linux Journal (6-aprel 2006-yil). Qaraldi: 5-yanvar 2016-yil.
  2. Bonte, Thomas „The State of MuseScore“. musescore.org (27-noyabr 2010-yil). Qaraldi: 5-yanvar 2016-yil.
  3. 3,0 3,1 Bolton, David „New Features in MuseScore 0.9.5“. musescore.org (15-avgust 2009-yil). Qaraldi: 5-yanvar 2016-yil.
  4. „MuseScore: Download Statistics: All Files“. SourceForge. Qaraldi: 5-yanvar 2016-yil.
  5. Bonte, Thomas; Weiss, Isaac „MuseScore 2.0 makes creating sheet music easier and faster“. PRWeb. PRWeb (25-mart 2015-yil). 2020-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2016-yil.
  6. Bonte, Thomas „MuseScore 0.9.6 released“. musescore.org (8-iyun 2010-yil). Qaraldi: 5-yanvar 2016-yil.
  7. Bonte, Thomas „New features in MuseScore 0.9.6“. MuseScrore. Qaraldi: 5-yanvar 2016-yil.
  8. „MuseScore 1.0 is released“. musescore.org. Qaraldi: 5-noyabr 2015-yil.
  9. „Release notes for MuseScore 1.1“. musescore.org. Qaraldi: 5-noyabr 2015-yil.
  10. Bonte, Thomas „Introducing MuseScore Connect“. musescore.org (16-iyul 2011-yil). Qaraldi: 5-noyabr 2015-yil.
  11. „MuseScore 1.2 is released“. musescore.org. Qaraldi: 23-avgust 2012-yil.
  12. „Release notes for MuseScore 1.2“. musescore.org. Qaraldi: 5-noyabr 2015-yil.
  13. „MuseScore 1.3 is released“. musescore.org. Qaraldi: 5-noyabr 2015-yil.
  14. „MuseScore 2.0 released!“. musescore.org. Qaraldi: 24-mart 2015-yil.
  15. „MuseScore 2.0.1 is released“. musescore.org (5-may 2015-yil). Qaraldi: 5-noyabr 2015-yil.
  16. „Release notes for MuseScore 2.0.1“. musescore.org. Qaraldi: 27-may 2015-yil.
  17. Sabatella, Marc „MuseScore 2.0.2 is released“. musescore.org (16-iyul 2015-yil). Qaraldi: 17-iyul 2015-yil.
  18. Sabatella, Marc „Announcing "Mastering MuseScore," the definitive guide to MuseScore 2“. musescore.org (10-iyun 2015-yil). Qaraldi: 5-noyabr 2015-yil.
  19. „SoundFont“. musescore.org. 27-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2012-yil. (Wayback Machine saytida 27-mart 2015-yil sanasida arxivlangan)
  20. „Synthesizer“. musescore.org. Qaraldi: 27-dekabr 2015-yil.
  21. „Change and adjust sounds“. musescore.org. Qaraldi: 23-avgust 2012-yil.
  22. „Plugins“. musescore.org. Qaraldi: 28-dekabr 2015-yil.
  23. „File Format“. musescore.org. Qaraldi: 23-avgust 2012-yil.
  24. „MuseScore: Free music notation & composition software“. SourceForge (5-avgust 2015-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2016-yil.
  25. „Share scores online“. musescore.org. Qaraldi: 23-avgust 2012-yil.
  26. „Help“. musescore.org. 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2012-yil. (Wayback Machine saytida 2-aprel 2015-yil sanasida arxivlangan)
  27. „MuseScore app available for download“. MuseScore Blog. Qaraldi: 8-sentabr 2014-yil.
  28. „Download“. musescore.org. Qaraldi: 6-yanvar 2016-yil.
  29. „Musescore“. VALO-CD. 7-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2012-yil. (Wayback Machine saytida 7-iyun 2014-yil sanasida arxivlangan)
  30. „Schools & Universities using MuseScore“. musescore. Qaraldi: 23-avgust 2012-yil.
  31. Bonte, Thomas „MuseScore installed on 10,000 computers in Quebec“ (20-aprel 2011-yil). Qaraldi: 23-avgust 2012-yil.
  32. Douglass, Robert „Open Goldberg Variations - Setting Bach Free“. Kickstarter. Qaraldi: 23-avgust 2012-yil.
  33. Prokoudine, Alexandre „Open Goldberg Variations: mission accomplished“. Libre Graphics World (29-may 2012-yil). 12-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2016-yil. (Wayback Machine saytida 12-noyabr 2020-yil sanasida arxivlangan)
  34. Werner, Schweer. Goldberg Variations. München: GRIN Verlag, 2012. ISBN 978-3-656-23080-9. 
  35. „Open Goldberg Variations: The public review for the Open Goldberg Variations Project“. musescore.org. Qaraldi: 6-yanvar 2016-yil.
  36. Douglass, Robert „Braille edition of the Open Goldberg Variations“. Open Goldberg Variations (23-mart 2014-yil). 23-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2016-yil. (Wayback Machine saytida 23-mart 2015-yil sanasida arxivlangan)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]