Avliyo Valentin kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Muqaddas Valentin kunidan yoʻnaltirildi)
1850-yil chiqqan Valentin kuni otkritkasi

Avliyo Valentin kuni, Valentin kuni,[1][2][3] Avliyo Valentin bayrami[4] yoki Sevishganlar kuni har yili 14-fevralda nishonlanadi. Avliyo Valentin kuni juda koʻp mamlakatda nishonlanadi, ammo deyarli barchasida bu kun ish kunidir.[3]

Avliyo Valentin kuni bir yoki bir necha „Valentinus“ ismli xristian ziyolilarining liturgik nishonlanishidan kelib chiqqan. Avliyo Valentin bilan bogʻliq eng mashhur martirologga koʻra, Valentin oila qurish taʼqiqlangan askarlarga toʻylar oʻtkazgani uchun qamalgan. Yana uni Rim Impersiyasida qiynoqlarga duchor qilingan xristianlarga yordam berishda ayblashgan. Qamoqdaligida Valentin qamoqxona boshchisi Asteriusning qizini davolagan deyiladi. Afsonaga koʻra qatl qilinishidan avval Valentin qizga „Sening Valentiningdan“ deb xayrlashuv xatini yozgan.[5][6] Bugungi kunda Avliyo Valentin kuni Ingliz uyushmasida va Luteran cherkovida rasmiy ziyofat kunidir.[7][8] Pravoslavlar ham Avliyo Valentin kunini nishonlaydi, ammo 6-iyulda va 30-iyunda. 6-iyul Rimlik Avliyo Valentin sharofatiga, 30-iyun boʻlsa Hieromartyr Valentin yepiskopi sharofatiga nishonlanadi.[9][10]

Bu kun birinchi marta romantik sevgi bilan Geoffrey Chaucer yashagan oʻrta asrlarda bogʻlangan. Bu paytda ritsarlik madaniyati juda keng tarqalgan boʻlgan. 15-asrga kelib sevishganlar bir-birlariga boʻlgan muhabbatlarini gul sovgʻa qilib, shirinliklar berib, va „valentinlar“ deb nomlangan otkritkalar yuborib izhor qila boshlashgan.[1][3] Bugungi kunda ishlatiladigan Avliyo Valentin kuni ramzlariga yurak rasmi, kaptarlar va qanotli sevgi farishtasi kiradi. 19-asrdan boshlab qoʻlda tayyorlangan valentinlar oʻrnini ishlab chiqarilgan otkritkalar eggallab kelyapti.[11]

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 The History of Valentineʼs DayHistory.com, A&E Television Networks. Retrieved February 2, 2010.
  2. History of Valentineʼs Day Christianity Today International. Retrieved February 2, 2010; „Then Again Maybe Donʼt Be My Valentine“, Ted Olsen, 2000-01-02
  3. 3,0 3,1 3,2 HowStuffWorks „How Valentineʼs Day works“HowStuffWorks. Retrieved February 2, 2010.
  4. Chambers 21st Century Dictionary, Revised ed., Allied Publishers, 2005 ISBN 9780550142108
  5. Cass R. Sandak. Valentineʼs Day. Silver Burdett Press. pg. 11
  6. Valentineʼs Day — The History Channel http://www.history.com/topics/valentines-day
  7. Holy Days. Church of England (Anglican Communion) (2012). 27 October 2012. “February 14 Valentine, Martyr at Rome, c.269”
  8. Pfatteicher, Philip H. (1 August 2008). New Book of Festivals and Commemorations: A Proposed Common Calendar of Saints. Fortress Press, 86. ISBN 9780800621285. Retrieved on 27 October 2012. “IO February 14 The Lutheran Service Book, with its penchant for the old Roman calendar, commemorates Valentine on this date.” 
  9. Fedorova, Tatiana (14 February 2012). St. Valentine. Pravmir. 4 December 2012.
  10. St. Valentine. Come and See Icons, Books & Art (6 July 2012). 4 December 2012.
  11. Leigh Eric Schmidt, „The Fashioning of a Modern Holiday: St. Valentineʼs Day, 1840-1870“ Winterthur Portfolio 28.4 (Winter 1993), pp. 209-245.

Havolalar[tahrir]