Muoviya I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muoviya I (? - 680) - umaviylar sulolasi asoschisi va shu suloladan boʻlgan dastlabki xalifa (661—680). Quraysh qabilasi zodagonlaridan. 639 y.dan Suriyada noib. 657 y. xalifa Ali va uning oʻlimidan soʻng xorijiylar bilan kurash olib borgan, 661 y. xalifa deb eʼlon qilingan. Xalifalar hokimiyatini merosiy qilgan. M. davrida xalifalik poytaxti Damashq sh.ga koʻchirilgan. M. siyosati arab qabila zodagonlarining manfaatini ifodalagan. Yirik diplomat va maʼmur boʻlgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil