Munozara:Tibbiyot genetikasi

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Tibbiyot genetikasi - odam genetikasining bir boʻlimi. Irsiy kasalliklar, ularni aniklash, davolash va oldini olish usullarini oʻrganadi. T.g . irsiy kasalliklarni oʻrganishda odam genetikasining hamma usullari (geneologik, biokimyoviy, immunologik usullar va egizaklar usuli)dan foydalanadi. 20-a.ning 60-yillarida sitogenetik tadqiqot usullari va biokimyoviy testlar katta ahamiyat kasb etdi. Irsiy kasalliklar jinsiy hujayralarning xromosomalaridagi oʻzgarishlarga bogʻliq ekanligi aniqlandi. Mac, xromosomalar soni yoki strukturasining oʻzgarishi bir qancha kasalliklar (Daun kasalligi va boshqalar)ga sabab boʻladi.

Irsiy kasalliklarning yuzaga chiqishchiqmasligi koʻpincha muhit omillariga bogʻliq. Shuning uchun T.g .ning vazifasi irsiy kasalliklarga moyillik tugʻdiradigan muhit sharoitlarini aniklab, tegishli choratadbirlarni ishlab chiqishni ham oʻz ichiga oladi. T.g .ning rivojlanishida erishilgan yutuklar tufayli bir qancha irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash mumkin boʻlib qoldi. T.g . nuqtai nazaridan konsultatsiya oʻtkazib, mazkur kasallik bilan ogrigan yoki naslida shunday bemor bor kishilardan kasal farzand tugʻilish xavfi boryoʻqligini oldindan aytib berish — irsiy kasalliklarning oldini olishda eng muhimi hisoblanadi (q. Tibbiyot-genetika konsultatsiyasi).