Munozara:Chiroqchi

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chiroqchiga oid maʼlumotlar[manbasini tahrirlash]

Chiroqchiga oid maʼlumot Internetda juda kam. Shu boʻshliqni toʻldirish uchun ham shu maqolani mufassalroq yozishga niyat qilgandim. Ammo afsuski buning uchun birqancha maʼlumot kamlik qilmoqda:

  • Chiroqchining shoʻrolar davridagi ahvoli
  • Shaharning mehmonlarga koʻrsatishga arzigulik joylarining suratlari (maʼmuriy binolar, madaniyat markazi, choyxona, bozorlar va hk). Masalan, menga aytishgandiki, Langarda qimirlovchi katta qoya tosh bor ekan. Oʻshaning rasmi nahotki biron kishida boʻlmasa?!
  • Iqtisodiga doir maʼlumotlar (qanday zavodi bor, gʻallachiilikdagi ulushi, va hk)
  • Chiyal yaxnasining, Umakay jizining fotolari boʻlsa ham joʻnatavering!
  • Koʻkdala tarafdagi neft qazib chiqarayotgan don choʻqilayotgan qushga oʻxshagan narsalarning fotosi ham ancha asqotardi.

Albatta bu yerda hammasini yozolmadim. Sizda biron mavzuga oid maʼlumot boʻlsa, menga joʻnating. Chiroqchiga aloqasi boʻlgan istalgan maʼlumot meni xursand qiladi. Balki oilaviy arxivingizda suratlar bordir, balki maktab tarix va joʻgʻrofiya darsliklarida maʼlumot bordir. Shippa mengʻa joʻnatip jaring :)

Men 'netni shuncha qidirib, buzilayotgan stadiondan boshqa rasmni topolmadim. Agar imkoningiz boʻlsa, hech qursa bir dona, Chiroqchiga aloqali surat joʻnatinglar!

Mening email'im: chiroqchi[at]outlook[dot]com ([at]ni @ belgisi va [dot]ni nuqta bilan almashtiring). Qoʻshadigan hissangiz uchun oldindan rahmat! --Ciroqchi 05:36, 9 noyabr 2008 (UTC)

Kimdir bu maqolaning manbasini „Milliy Ensiklopediyada foydalanilgan“ deb yozibdi. Men shunday manba borligini bugun bildim. Iltimos, bilmasdan yolgʻon gapirmanglar. Men foydalangan manbalar roʻyxatini ost yozuvda keltirganman. — Bu xabarni 27-iyul 2013, 01:11 (munozara · hissasi) Chiraqchi yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

Yangi taʼmirlangan stadion borligi notoʻgʻri. Eski va sharoitlari abgor boʻlgan bir stadion bor faqat 188.113.193.77 08:01, 29-Oktabr 2021 (UTC)