Gulxaniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Muhammadsharif Gulxaniydan yoʻnaltirildi)
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Oʻzbek Adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi

Muhammadsharif Gulxaniy (XVIIIXIX asrlar) Taniqli oʻzbek adibi, oʻzbek adabiyotida satirik maktab yaratuvchilaridan biri. Oʻratepada (ayrim manbalarda Namangan viloyatida) tugʻilgan, hayot yillari nomaʼlum. Turk va fors tillarida asarlar bitgan. «Zarbulmasal» asari Umarxonning torshirigʻi bilan yozilgan. U haqda Fazliyning «Majmuai shoiron», Vozehning «Tuhfatul-ahbob», Avazmuhammad Attorning «Tarixi jahonnoma» asarlarida maʼlumot bor.

«Zarbulmasal»da «Kalila va Dimna» va sharq mumtoz nasri anʼanalari davom ettirilgan. Hajviy qissa janrida yaratilgan bu asarda ramziy-majoziy timsollar vositasi bilan zamonasining nosozliklari fosh etilgan. «Zarbulmasal» bir necha qoʻlyozma va bosma nusxalari mavjud, ular OʻR FA ShI da saqlanadi. Ayrim manbalarda devon tartib bergani aytilsa-da, biroq u topilmagan. Ayrim sheʼrlari fors tilidagi bayozlarda ham uchraydi.

Gulxaniy ijodi oʻzbek olimlari A.Qayumov, R.Muqimov, F.Ishoqov, M. Qoʻshjonov, M. Qoʻshmoqov, A. Asrorov v.b. olimlar tomonidan oʻrganilgan.

[tahrir] Nashr qilingan asarlari

  • Gulxaniy. Zarbulmasal (nashrga tayyorl. F.Ishoqov). - T: 1958;
  • Oʻzbek adabiyoti. 4 jildlik 3-jild. - T: 1959;
  • Gulxaniy. Tanlangan asarlar. - T.: 1951, 63b.

[tahrir] Ilmiy adabiyot

  • Oʻzbek adabiyoti tarixi. 4-jild. - T.: 1978;
  • F.Ishoqov. Gulxaniy va uning «Zarbulmasal» asari. - T.: Fan, 1972;
  • F.Ishoqov. Maktabda Gulxaniy ijodini oʻrganish. — T.: 1986;
  • M.Qoʻshjonov. «Zarbulmasal» asarining badiiy xususiyatlari. Kitobda: Mohiyat va badiiyat. — T.: 1974;
  • M.Qoʻshmoqov. Mulla Gulxaniy. «Sharq yulduzi» jurn. 1991, № 1.
Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)