Mugʻ qalʼa (arxeologik yodgorlik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mugʻ qalʼa, Mugʻtepa, Mugʻ qoʻrgʻon — arxeologik yodgorlik (milodiy 113-asr

boshi). Namangan viloyatining Kosonsoy shahri yaqinida joylashgan. Mugʻ qalʼa (arxeologik yodgorlik) 2 qismdan iborat: ark va shahriston; qoʻrgʻon (maydoni 4 ga). Har 2 qism kuzatuv minoralari boʻlgan mudofaa devori bilan oʻralgan. Ark shahristonning jan.-gʻarb tomonida, Kosonsoy daryosining tik yon bagʻrida joylashgan. Undan milodning boshlari va oʻrta asrlarga oid topilmalar chiqqan. Tarixiy manbalarga koʻra, arkda quyosh ibodatxonasi boʻlgan. Ushbu ibodatxona, Shahristoniynchnt yozishicha, xalifa Muʼtasim davrida (833—842) buzib yuborilgan. 1983-yilgi tekshirishlar natijasida Shahristondan ilk oʻrta asrlarga oid arxeologik majmua ochilgan. Tadqiqotchilar fikricha, shahriston dushmandan ustalik bilan himoya qilingan: dushman hujumi kutiladigan tomon qoʻshimcha devor bilan mustahkamlangan. Bu holat gʻanim hujumini har 2 mudofaa devoridan turib qaytarish imkonini bergan, chunki shahar darvozasi shu yerda joylashgan boʻlib, agar dushman darvozadan kirgan taqdirda ham ichkariga oʻta olmasdi va oʻziga xos „qopqon“ga tu-shardi. Mugʻ qalʼa (arxeologik yodgorlik)ning qoʻrgʻon qismi ark va shahristondan keyin qurilgan, undan notinch davrlarda oʻziga xos panagoh sifatida foydalanganlar. Qoʻrgʻonning alohida darvozasi boʻlgan. Tadqiqotchilar fikricha, Mugʻ qalʼa (arxeologik yodgorlik) Fargʻonaning „harbiy poytaxti“ hisoblangan. Yozma manbalar ehtimol aynan shu shaharni Fargʻonaning 8-asroxiri — 9-asr boshlaridagi poytaxti sifatida qayd etgan boʻlsalar kerak.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bernshtam A. N., Drevnyaya Fergana, T., 1951; Matboboyev B. X., Shamsutdinov R. T., Mamajonov A., Buyuk ipak yoʻlidagi Fargʻona shaharlari, Andijon, 1994.

Boqijpn Matboboyev.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil