Mozilla Foundation

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



{{{name}}}

Mozilla Foundation (qisqartmasi MF yoki MoFo) - Mozilla loyihasini qo`llab – quvvatlash va boshqarish uchun ochilgan notijorat tashkilot hisoblanadi. Ushbu tashkilot ishlab chiqish siyosatini, loyihaga muhim bo’lgan infrastrukturani ekspluatasiya qilishni, maxsulot belgilarini va o`zga intelektual mulkni boshqaradi. Mozilla Foundation Mozilla Corporation kompaniyasiga tegishli, u ko`pgina Mozilla yaratuvchilarini ish bilan ta`minlaydi, Mozilla Firefox brauzeri va Mozilla Thunderbird sonlari chiqishi ustidan nazorat olib boradi. Mozilla Foundation bosh ofisi – Mauntin-Vyu (Kaliforniya shtati, AQSH) da joylashgan.

Mozilla Corporation[tahrir]

3-avgust 2005 yilda Mozilla Foundation Mozilla Corporation kompaniyasini tashkil etdi, Mozilla Firefox va Mozilla Thunderbirdni yaratish va tarqatish bo’yicha o’z vazifalarini kompaniyaga topshirdi. Mozilla Corporation sonlarni rejalashtirish, marketing va programma distributivi uchun javobgar hisoblanadi.

Mozilla Foundation va Mozilla Corporationning Muantin-Vyudagi ofisi

Moliyalashtirish[tahrir]

Mozilla Foundationning asosiy moliyaviy manbasi erkin ehsonlar hisoblanadi. AOL 2 million dollar boshlang`ich mablag` kiritgan, Mitch Kapor esa 300 ming dollar ehson qilgan. Mozilla Foundation AQSh soliq kodeksiga binoan soliq to`lovlaridan ozod etilgan. Mozilla Corporation esa soliq to`lovchi hisoblanadi.

Shaxslar[tahrir]

Mozilla Foundation direktorlar kengashi etti kishidan iborat :

Mozilla Foundation yana qo`yidagi ishchilariga ham ega, ular proekt masalalari va strategik savollar bilan shug`ullanadi :

Boshqalar[tahrir]

Mozilla Europe, Mozilla Japan va Mozilla China lar notijorat tashkilolar hisoblanadi, Mozilla loyihalari va mahsulotlarini rivojlantirish va tarqatish uchun yaratilgan.

Shuningdek qarang[tahrir]

Havolalar[tahrir]