Morxoʻr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buramashox echki
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Morxoʻr, burama shoxli echki (Capra falconeri) — togʻ echkilari urugʻiga mansub sut emizuvchilar turi. Gavdasining uzunligi 170 sm, boʻyi yagʻrinidan 90 sm ga, vazni 90 kg ga yaqin. Shoxlari parmaga oʻxshash buralgan. Juni jigarrang, baʼzan oqish. Erkaklarining boʻyni va koʻkragida uzun junlari bor. Shimoliy va Shim.-Gʻarbiy Hindiston, Jan.-Sharqiy Eron va Afgʻonistonda tarqalgan. Oʻzbekistonda Koʻhitang va Bobotogʻda uchraydi. Qoya toshli tik togʻ yon bagʻirlarida yashaydi. Soni juda kamayib bormoqda. Oʻzbekiston va xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil