Mixail Mesxi nomidagi stadion

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mixail Mesxi nomidagi stadion - Gurjiston poytaxti Tbilisida joylashgan futbol va regbi uchun moʻljallangan stadiondir. Ushbu stadion 2001-yilda qurib bitkazilgan va oʻsha yili foydalanishga topshirilgan. Stadionda «Lokomotiv Tbilisi» futbol klubi oʻz uy oʻyinlarini oʻtkazadi. Ushbu stadionda Gurjiston Milliy terma jamoasi ham baʼzi oʻyinlarini oʻtkazadi. Stadion nomi gruzin futbolchisi Mixail Shalvovich Mesxi sharafiga qoʻyilgan. Sigʻimi 24.700 tomoshabinga moʻljallangan. Ushbu stadion yirikligi boʻyicha Gurjistonda Boris Paychadze nomidagi stadiondan keyingi oʻrinda turadi.

Toʻliq nomi Mixail Mesxi nomidagi stadion
Joylashuvi Gruziya bayrogʻi Gruziya , Tbilisi
Qurilgan yili 2001-yil
Ochilgan yili 2001-yil
Sigʻimi 24.700
Maydon oʻlchami 105x68m
Uy jamoasi Lokomotiv Tbilisi