Mitoxondriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mitoxondriya (yun. mitos - ip, chondrios — donacha) — eukariot hujayralar organoidi. M. ikki qavat membrana bilan oʻralgan; ichki membranasi kristalar (burmalar) hosil qiladi. M.ning ichki membrana bilan oʻralgan boʻshligʻi matriks deyiladi. Hujayrada M. soni bir nechtadan mingtagacha yetadi. M.ning asosiy funk-siyasi energiya hosil qilishdan iborat. M. energiyasi manbai biologik oksidlanish boʻlib, unda glikolizda hosil boʻlgan pirouzum kislota mitoxondriya matriksida SO2 va N2O gacha parchalanadi. Bu jarayon murakkab kimyoviy reaksi-yalardan iborat. Uning 1-bosqichida piruvat parchalanadi va uchkarbon kislotalar sikli amalga oshadi; 2-bosq-ichda elektronlar tashiladi va ATF sintezlanadi.

M. matriksida DNK, RNK, ribosomalar va oqsil sintezida qatnashuvchi fermentlar mavjud boʻlgani tufayli oʻz oqsillarining bir qismi sintezlanadi. Shuning uchun M.ni yarim avto-nom organoid deyiladi. Mitoxondri-yalar simbiogenez gipotezasiga bino-an, aerob bakteriyalardan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. M. boʻlinish orqali koʻpayadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil