Toʻxtasin Mirzayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mirzayev Toʻxtasindan yoʻnaltirildi)
Toʻxtasin Mirzayev

Toʻxtasin Mirzayev
Tavalludi 1913
Vafoti 1943

Toʻxtasin Mirzayev (1913, Andijon viloyati, Marhamat qishlogʻi — bedarak yoʻqolgan) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1942-yildan armiyada. Dasht fronti 37-armiyasining 10-gvardiyachi havodesant diviziyasi, 30-polkining oʻqchisi. 1943-yil 3-oktabrda Dnepropetrovsk viloyati, Verxnedneprovsk rayonnidagi Mishurin Rog qishlogʻi uchun boʻlgan jangda alohida jasorat koʻrsatgan. 1943-yil 20-dekabrda Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan. Andijon viloyati Asaka tumanidagi 3maktab va internat maktabiga nomi berilgan. Marhamat shahrida haykal oʻrnatilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil