Miraziz Aʼzam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Miraziz Aʼzam
Tavalludi 29-mart 1936-yil (1936-03-29) (87 yosh)
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Shoh asari „Gʻalati tush“ (1960)
"Metallurg" (1964)
"Aqlli bolalar" (1969)
"Bir cho‘ntak yong‘oq" (1990)
"Yerga dovruq solamiz" (1970)
Mukofotlari

Xalqaro Mahmud Qashgʻariy nomidagi mukofot (1983)
Mavlona Jaloliddin Rumiy mukofoti (2007)
Turkiya Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkilotning O‘zbekistondagi ramzi (1993)

Miraziz Aʼzam (1936-yil 29-mart; Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — bolalar va kattalar shoiri, publitsist, tarjimon, adabiyot targʻibotchisi. Toshkent Davlat dorilfununi bitiruvchisi, Toshkent telestudiyasida, „Gʻuncha“ bolalar oynomasida, „Yosh gvardiya“, Gʻafur Gʻulom nashriyotlarida muharrir bo‘lib ishlab kelgan[1]. Ko‘p yillar Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi, sarkotib yordamchisi bo‘lib xizmat qilgan[2][3].

Miraziz Aʼzamning birinchi sheʼri talabalik davrida yozilgan „Gʻalati tush“ (1960) nomi bilan chop qilingan. „Gʻalati tush“ 1972-yilda alohida kitob holiga keltirilib, bolalarga sovg‘a qilingan[4].

Bolalar uchun sheʼriy toʻplamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Metallurg“ (1964, birinchisi)
  • „Aqlli bolalar“ (1969, doston)
  • „Senga nima bo‘ldi“ (1970)
  • „Yer aylanadi“ (1973)
  • „Yerga dovruq solamiz“ (1970)
  • „Bir cho‘ntak yong‘oq“ (1990, saylanma)[5].

Bu asarlarda shoir bolalarning qalbi va tuyg‘ulari orqali olamni, odamni bilishga, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga, halol va pokiza mehnatni ulugʻlashga intiladi[6].

Kattalar uchun sheʼriy toʻplamalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Sevaman“ (1977)
  • „Tuyg‘ular“ (1980)
  • „Sabot“ (1983)

Uning sheʼrlarining maʼlum qismalari o‘zining hayotiy va jozibaliligi bilan o‘quvchi qalbini zabt etadi. Shoir ana shu sheʼriy to‘plamlaridagi eng yaxshi sheʼrlarini va yangi yozilgan asarlari sarasini o‘zining „Haqiqatning ko‘zlari“ (1988) saylanmasiga jamlab, talabchan o‘quvchilariga havola etgan.

Miraziz Aʼzamning turk, rus, nemis adiblarining asarlarini tarjima qilgan. Shuningdek, islom madaniyatiga oid tarjimalari ham mashhurdir[7].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miraziz Aʼzam „O‘zbek tili va adabiyoti“ jurnalidagi Hamza haqida berilgan savollarga javoblari, „Sharq yulduzi“da bosib chiqillgan „Amir bobomiz ufqlari“ nomli maqolalari va Murod Oʻrozning „Turk asotirlari“ kitobining tarjimasi uchun 1993-yilda xalqaro Mahmud Qashgʻariy nomidagi mukofot[8], 2007-yili Makedoniya poytaxti Skopye shahrida boʻlib oʻtgan turkiy sheʼriyat festivalida Mavlona Jaloliddin Rumiy kabi mukofotlar bilan taqdirlangan. Shoir, shuningdek, 1993-yilning dekabr oyida Turkiya Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkilotning O‘zbekistondagi ramzi sifatida eʼtirof etilgan[9][10]. 2023-yilda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan[11][12][13].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Miraziz A’zamning hayoti va ijodiy faoliyati“. 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.
  2. „Miraziz A'zam (1936)“. 2023-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.
  3. „Miraziz Aʼzam haqida batafsil maʼlumotlar“. 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.
  4. „Miraziz A’zam. She’rlar.“. 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.
  5. „Miraziz A’zam“. 2023-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.
  6. „Miraziz A’zam“. 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.
  7. Sobir Marvaliyev. Oʻzbek adiblari. T.: "Fan", 1993
  8. „MIRAZIZ A’ZAM (1936)“. 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.
  9. „Miraziz Aʼzam haqida maʼlumot“. 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.
  10. „Miraziz A’zam (1936)“. 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.
  11. „Президент фан, таълим, соғлиқни сақлаш, адабиёт, маданият, санъат соҳалари ва ОАВ ходимларини мукофотлади“. xabar.uz. Qaraldi: 26-avgust 2023-yil.
  12. „Prezident fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va OAV xodimlarini mukofotladi“. oyina.uz. Qaraldi: 26-avgust 2023-yil.
  13. „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“. uza.uz. Qaraldi: 26-avgust 2023-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]