Minor masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Minor masjidi
Minor
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Manzil Kichik halqa yoʻli
Masjid turi Jomeʼ-masjid
Meʼmoriy uslub Islom, sharq va oʻzbek milliy meʼmorchiligi
Binokorlik 20132014
Soʻngi imom Rahmatulloh Sayfuddinov
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 2
Qurilish materiali Marmar, gʻisht
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Sayt Minor.uz Rasmiy sayt

Koordinatalari: 41°19′25.15″N 69°14′14.32″E / 41.3236528°N 69.2373111°E / 41.3236528; 69.2373111 G O


Minor masjidi — Toshkent shahrida yangi qurilgan masjid[1] Masjidning qurilish ishlari 2013-yil yoz oylarida boshlangan. 2014-yilning 1-oktyabrida, musulmonlarning katta Qurbon hayiti bayramida Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov yangi Minor masjidini ochib berdi[2]. Masjid binosi anʼanaviy sharq va oʻzbek uslubida qurilgan boʻlib, ikki minorasi va osmonrang bir gumbaz bor. Masjidning ichi esa naqsh tarzida bezatilgan. Masjid 2400 dan ortiq odamlar uchun moʻljallangan. Ochilganidan soʻng „Minor“ masjidi Toshkentda va butun Oʻzbekiston boʻylab eng yirik musulmon diniy markazlaridan biriga aylandi. Masjidning qurilishi davlat byudjeti va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan moliyalashtiriladi. Masjidda sayyohlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. U barcha zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan.

Imom xatiblar[tahrir | manbasini tahrirlash]


  1. Rahmatulloh qori Sayfuddinov[sayt ishlamaydi]. 2014-yil 2-oktyabr — 2015-yil 7-noyabr. [1] (Wayback Machine saytida 2022-04-06 sanasida arxivlangan)
  2. Anvar qori Tursunov. 2015-yil 7-noyabr — 2019-yil 4-yanvar. [2] (Wayback Machine saytida 2022-04-30 sanasida arxivlangan)
  3. Rahimberdi domla Rahmonov. 2019-yil 4-yanvar — 2019-yil 13-noyabr. [3]
  4. Foziljon domla Ubaydullayev. 2019-yil 13-noyabr — 2021-yil 21-oktabr. [4]
  5. Rahmatulloh qori Sayfuddinov[sayt ishlamaydi]. 2021-yil 21-oktabr — hozirgacha. [5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Minor masjidini qurilish ishlari yakunlandi, 2014-10-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-05-12
  2. Toshkentda yangi „Minor“ masjidi ochildi

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]