Milan (futbol klubi)
| AC Milan | |||
| Toʻliq nomi | Associazione Calcio Milan | ||
|---|---|---|---|
| Laqab(lar) | Rossoneri (qizil-qoralar) | ||
| Qachon asos solingan | 1899 | ||
| Stadioni | Giuseppe Meazza (San Siro), Milan, Italiya |
||
| Stadion hajmi | 80 018 | ||
| Rahbar | |||
| Murabbiy | |||
| Liga | A seriyasi | ||
| 2010/2011 | 1chi | ||
|
|||
«Milan» futbol klubi (ital. Associazione Calcio Milan) — Italiya professional futbol klubi. «Milan» dunyoning eng muvaffaqiyatli jamoalaridan biri: xalqaro kuboklar soni bo'yicha 1-o'rinda (18ta); UEFA Chempionlar Ligasining (Yevropa Chempionlar Kubogi) 7 karra sohibi (2-o'rin), demak ushbu kubokni o'zida abadiy saqlash huquqiga ega (hammasi bo'lib bunday sharafga Yevropaning 5 jamoasi — Real Madrid C.F., Ayaks, Bavariya, Liverpul — sazovor). UEFA Superkubogida eng ko'p marta (5) g'alaba qozongan.
Dunyoning eng qimmat klublari qatoriga kiradi, Forbes jurnalining 2011 yil aprel oyidagi baholariga ko'ra klub qiymati $838 mln.
2010 yilning 25-iyunida Leonardo iste'foga chiqqach, Massimiliano Allegri «Milan» bosh murabbiyi etib tayinlangan. Klub vitse-prezidenti — Adriano Galliani.
Mundarija |
[tahrir] Tarix
[tahrir] 1899-1946
«Milan» futbol klubiga (Milan Cricket and Foot-Ball Club) 1899 yilda Britaniyaliklar Alfred Edvards (klubning birinchi prezidenti) va Gerbert Kilpin (klubning birinchi sardori) tomonidan asos solingan. Qora-qizil rangli libos g'oyasi aynan Kilpinga tegishli. Unga ko'ra qizil rang shaytonni, qora rang esa (jamoa raqiblariga) havfni anglatadi.
«Milan» o'zining birinchi norasmiy o'yinini 1900 yilning 11-martida «Mediolanum» jamoasiga qarshi o'tkazib 3:0 hisobida g'alaba qozongan. Jamoa tarkibi: Xuud, Kanyani, Toretto, Lis, Kilpin, Valerio, Dubini, Devis, Nevill, Ellison, Formenti. Bu g'alabadan ruhlangan jamoa vakillari Italiya Futbol Federatsiyasiga kirishga, ya'ni mamlakat chempionatida qatnashishga qaror qilishadi.
Birinchi rasmiy o'yinda «Milan» yirik hisobda «Torinoze»ga (0:3) mag'lub bo'lgan. Shunga qaramay 1901 yiliyoq «Milan» o'zining birinchi chempionlik unvoniga erishadi (final bahsida Djenoa mag'lub etilgan — 3:0). 1906 va 1907 yillarda klub 2-chi va 3-chi marotaba chempionlikni nishonlaydi. 1908 yil, mahalliy va legioner futbolchilar o'rtasida futbol qoidalarini tafsil qilishdagi kelishmovchilar yuzasida, «Milan» chet ellik futbolchilaridan voz kechadi. Bu hodisa Milan shahrida yana bir klub — Inter (xalqaro) futbol klubining paydo bo'lishiga olib keladi.
1919 yili klub o'z nomini Milan Football Clubga o'zgartiradi. 1920-chi, 1930-chi yillar davomida Italiya futbolida Torino gegemonlik qilgan. Bu paytlarda «Milan» Italiyaning old jamoalaridan hisoblanmagan. 1939 yilda klub hozirgi kundagi Associazione Calcio Milan nomini olgan.
[tahrir] 1950-chi yillar
[tahrir] 1960-chi yillar
[tahrir] 1970-chi yillar - 1986
[tahrir] 1987-1996
[tahrir] 1997-2000
[tahrir] 2001-2009
[tahrir] 2010- ...
[tahrir] Prezidentlari ro'yxati
[tahrir] Murabbiylari ro'yxati
[tahrir] Tarkibi
[tahrir] 2011/2012 mavsum tarkibi
Ma'lumotlar 2012 yil 19-yanvarga tegishli
|
|
[tahrir] Transferlar
[tahrir] Kelganlar
| Sana | Amplua | Futbolchi | Qayerdan |
|---|---|---|---|
| 17-may 2011 | HM | (FRA) Filip Mekses | Roma (Italiya) |
| 19-may 2011 | HM | (NIG) Taye Tayvo | Marsel (Fransiya) |
| 25-iyun 2011 | YH | (ITA) Stefan Al Sharavi | Djenoa (Italiya) |
| 26-avgust 2011 | YH | (ITA) Alberto Akvilani | Liverpul (Angliya) |
| 31-avgust 2011 | YH | (ITA) Antonio Nocherino | Palermo (Italiya) |
[tahrir] Ketganlar
| Sana | Amplua | Futbolchi | Qayerga |
|---|---|---|---|
| 24-may 2011 | YH | (ITA) Andrea Pirlo | Yuventus (Italiya) |
| 14-iyun 2011 | HM | (GRE) Sokratis Papastatopulos | Djenoa (Italiya) |
| 25-iyun 2011 | YH | (GER) Aleksandr Merkel* | Djenoa (Italiya) |
| 1-iyul 2011 | HM | (CZE) Marek Yankulovski | faoliyatini yakunladi |
| 1-iyul 2011 | HM | (ITA) Nikola Legrottal'e | Kataniya (Italiya) |
| 1-iyul 2011 | HM | (AQSH) Oguchi Onyevu | Sporting (Portugaliya) |
| 1-iyul 2011 | HJ | (ITA) Marko Borriello | Roma (Italiya) |
| 1-iyul 2011 | HJ | (ITA) Simone Verdi | Torino (Italiya) |
| 1-iyul 2011 | YH | (SLe) Rodni Strasser* | Lechche (Italiya) |
| 31-avgust 2011 | HM | (ITA) Massimo Oddo* | Lechche (Italiya) |
* ijaraga
[tahrir] Buyuk futbolchilari
[tahrir] G'alabalari
- A seriyasi: →18← marta
- 1901, 1906, 1907, 1950/51, 1954/55, 1956/57, 1958/59, 1961/62, 1967/68, 1978/79, 1987/88, 1991/92, 1992/93, 1993/94, 1995/96, 1998/99, 2003/2004, 2010/2011
- Italiya kubogi: →5←
- 1966/67, 1971/72, 1972/73, 1976/77, 2002/03
- Italiya Superkubogi: →6←
- 1988, 1992, 1993, 1994, 2004, 2011
- UEFA Chempionlar Ligasi/ Yevropa Chempionlar Kubogi: →7←
- UEFA Superkubogi : →5←
- Qit'alararo kubok : →3←
[tahrir] Izohlar
- ↑ "A.C. Milan rasmiy press relizi". acmilan.com (Associazione Calcio Milan). 25 Avgust, 2011. http://acmilan.com/en/news/breaking_news_show/13618. Retrieved 2 Sentabr 2011.