Mikrotron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mikrotron (mikro... va ... tron) — elektronlarning siklik rezonans tezlatkichi. Unda elektronlar rezonatorning yuksak chastotali elektr maydoni, bir jinsli va oʻzgarmas magnit maydonida aylanma t-rayektoriyada harakatlanib tezlanish oladi. M.ni V. I. Veksler 1944 y.da taklif etgan. M., asosan, yuksak chastotali elektr maydoni manbai (magnetron), rezonator, elektronlar manbai va elektronlarni sochuvchi magnit tutqichdan iborat. M.da elektronlar harakatini uygʻunlashtirish, maydon chastotasini oʻzgartirib turish lozim. Bir jinsli magnit maydon N da relyativistik elektronning aylanish vaqti t uning toʻliq energiyasi Ye ga proporsional, yaʼni t=2n E/ yeNs (ye — elektron zaryadi, s — yorugʻlik tezligi). Bunda q elektronlar oqimining rezonatorda har bir oʻtishida energiyaning D£ ga oʻzgarishiga mos keladigan vaqti At=qt=2nA Ye/yeNs ga oshadi. M.da avtofazalash prinsipi amalga oshirilgan (yana q. Siklotron). M.larda monoenergiyali (birdek energiyaga ega boʻlgan zarralar oqimi) va yaxshi toʻplangan (kollimatsiyalangan) elektronlar dastasi olinadi. Shuning uchun ular, koʻpincha, tez elektronlar (5-30 MeV) manbai sifatida relyativistik elektronika, yadro fizikasi, tibbiyot, qattiq jism fizikasi, defektoskopiya va b. da ishlatiladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil