Melodrama

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Melodrama (yun. melos — qoʻshiq, kuy va drama) — musiqiy-sahnaviy janr. 18-asrda Yevropa sanʼatida rivoj topgan. Qahramonlarning monolog va dialoglarm musiqa joʻrligida ijro etilganligi bilan ajralib turadi. Ilk namunasini J. J. Russo (1762, „Pigmalion“ lirik sahnalari) yaratgan. Maʼrifatchilik davri gʻoyalariga asoslangan M. ga sahna rivojiga monand boʻlgan musiqaning jonli va tabiiy ifodaviyligiga intilish xosdir. 19-asrda M. janri tamoyillari dramatik asarlarga yaratilgan musiqa (R. Shumanning „Manfred“, J. Bizening „Arlezianka“, J. Grigning „Per Gyunt“ va boshqalar)da oʻz rivojini topadi. 20-asrda shakllangan oʻzbek musiqali dramasitsa, N. Zokirovning „Soxilda toʻqnashuv“, Hab. Rahimovning „Ona qalbi“ kamer operalarida ham M. elementlari mavjud.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil