Noxun (musiqa)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mediatordan yoʻnaltirildi)

Noxun (fosr. tirnoq) — baʼzi musiqa asboblarini chalishda ishlatiladigan moslama. Noxunning bir necha turi mavjud. Gitara, rubob kabi asboblarni chalishda ishlatiladigan noxun (shu turi mediator deb ham ataladi) yupqa palstinka shaklida boʻladi. Tanbur noxuni odatda oʻng qoʻlning koʻrsatkich barmogʻiga kiyiladi. Doyra noxuni barmoqqa bogʻlab qoʻyiladi.

Mediator[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turli xil gitara mediatorlari

Mediator odatda koʻrsatgich va bosh panja oʻrtasida ushlanadi va musiqa asbobi torlarini chalish uchun qoʻllaniladi. Mediatorlar asosan plastmassadan yasaladi. Ammo suyak, toshbaqa kosasi va yogʻochdan yasalgan turlari ham mavjud. Ilk mediatorlar toshbaqa kosasidan yasalgan. Keyinchalik toshbaqalarning soni kamaygani uchun ulardan mediator yoki boshqa narsa yasash taqiqlangan. Hozirgi kunda taqiqdan avval toshbaqa kosasidan yasalgan mediatorlar juda qadrlanadi.

Mediatorlarning shakli va oʻlchami har xil boʻladi. Jazz uchun ishlatiladigan mediatorlar kichik boʻladi. Bas gitara mediatorlari boʻlsa katta boʻladi. Gitara mediatori qalinligiga qarab ishlatiladi. 0,2 mm dan 0,5 mm gacha boʻlgan yupqa mediatorlar odatda ritm chalish uchun ishlatiladi. 0,7 mm dan 1,5 mm yoki undan ham qalin boʻlgan mediatorlar esa solo chalish uchun qoʻllaniladi.

Oʻzbekistonda uchraydigan asboblardan rubob, tor kabi asboblar mediator bilan chertiladi.

Tanbur noxuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tanbur noxuni boʻyi barmoqning bir boʻgʻiniga teng tirnoq shaklida boʻladi va odatda oʻng qoʻlning koʻrsatkich barmogʻiga kiyiladi.

Doira noxuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doyra noxuni uzunasiga kesilgan yarimta angishvona shaklida boʻlib, barmoqqa bogʻlab qoʻyiladi.