Maxfiy materiallar (teleserial)
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| Maxfiy materiallar | |
| The X-Files | |
| Janr | fantastika, detektiv |
| Gʻoya muallifi | Chris Carter |
| Bosh rollarda | David Duchovny Gillian Anderson Mitch Pileggi Robert Patrick Annabeth Gish |
| Mamlakat | |
| Ekranlarda | 1993-yil 10 sentabrdan 2002-yil 19 maygacha |
| Seriya davomiyligi | 43 daqiqa |
| Seriyalar soni | 202 |
| IMDb | ID 0106179 |
"Maxfiy materiallar" (ingl. "The X-Files") — amerikan fantastik teleseriali. Birinchi marotaba FOX telekanali tomonidan 1993-yili namoyish etilgan va 9 yildan soʻng, 2002-yilning 19 mayida yakunlangan. 1993-yildan to 2002-yilgacha 202 ta epizod suratga olingan. Gʻoya muallifi — Chris Carter. Serial katta muvaffaqiyat bilan dunyoning turli davlatlarida namoyish etilgan.
Mundarija |
[tahrir] Taʼrif
Maxfiy materiallar — FBRning ikki agenti — Fox Mulder va Dana Scully haqidagi ilmiy-fantastik serial.
Mahsus agent, shifokor va Virjiniyadagi FBR akademiyasining oʻqituvchisi Dana Scullyga agent Fox Mulder bilan hamkorlikda "Maxfiy materiallar" loyihasi ustida ishlash topshiriladi "Maxfiy materiallar" loyihasi bu sirli, yechilmagan, koʻp hollarda paranormal hodisalar, vampirizm, genetik mutantlar hujumi, oʻzga sayyoraliklar odamlarni olib qochishi bilan bogʻliq FBR ishlaridir.
Mulder kelgindilarga ishonadi va skeptik Scullyni hamma narsani har doim ham aniq tushuntirib boʻlmasligini uqtirishga harakat qiladi. Bu Mulderning bolaligi bilan bogʻliq ruhiy jarohat tufayli kelib chiqqan, uning singlisi yoʻqolib qoladi, Mulder oʻzga sayyoraliklar singlisini olib ketganligiga ishonchi komil, buni aniqlashga harakat qiladi va bu uni butun hayoti davomida qiynaydi. Shuningdek, Mulderning otasi oʻtmishdagi xatti-harakatlari bilan uning kelajakdagi tanloviga taʼsir qiladi. Oʻzaro munozaralarida Mulder va Scully nafaqat bir-birini oʻz gʻoyasiga ishontirishga harakat qilishadi, balki oʻzaro muomaladan mamnuniyat olishadi. Sekin-asta dastlabki oʻzaro ishonchsizlik doʻstlikka aylanadi, ozgina oʻtib esa undanda chuqurroq tuygʻuga aylanadi.
Serialning yakuniga yaqin uning fundamental mazmuni ochiladi.
[tahrir] Mashhurlik
"Maxfiy materiallar" eng mashhur serillardan biriga aylandi. Filmning katta iqtisodiy muvafaqqiyati unda David Duchovny va Gillian Anderson kabi yulduzlar ishtirok etgani hamda serialning mavzusi — yerdan tashqari boʻlgan sivilizatsiylarning koʻrinishlari va oʻzga sayyoraliklar bilan aloqa izlanishlari bilan tushuntiriladi
[tahrir] Iboralar
Serial quyidagi iboralarni ommaviylashtirgan:
- Har narsa vafot etadi (Everything Dies)
- Haqiqat qayerdadir yaqinda… (The Truth is Out There) (boshqa tarjimasi: "Haqiqat qayerdadir oʻsha yerda")
- Hech kimga ishonma (Trust No 1)
- Yolgʻonga ishon (Believe the Lie)
- Men ishonishni istayman (I Want to Believe) — Mulder kabinetidagi uchar tarelka tasvirlangan plakatdagi yozuv.
- Hamma narsani inkor etmoq (Deny Everything)
- Hech narsa izsiz yoʻqolmaydi (Éí 'aaníígóó 'áhoot'é)
- Uzr soʻramoq — siyosat (Apology is Policy)
Keltirilgan iboralarning koʻpchiligi serialning alohida epizodlariga taglinelardir. Asosiy tagline "Haqiqat qayerdadir yaqinda…" epizodlarning koʻp qismida uchraydi, ammo ayrim seriyalarda u oʻzgaradi.
[tahrir] Ijrochilar
[tahrir] Asosiy rollarda
- David Duchovny — mahsus agent Fox Mulder
- Gillian Anderson — mahsus agent Dana Scully
- Robert Patrick — mahsus agent John Doggett
- Annabeth Gish — mahsus agent Monica Reyes
[tahrir] Ikkinchi darajali rollar
- Mitch Pileggi — Direktor yordamchisi Walter Skinner
- William Davis — Kashanda
- Nicholas Lea — AlexKrycek