Matematik analiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Matematik analiz - matematika sohalaridan biri. M. a. takomillashib va rivojlanib boruvchi apparatga ega boʻlib, bu apparat asosini differensial va integral hisob tashkil qiladi. M.a. oʻziga xos tadqiqot obʼyektiga (oʻzgaruvchi kattalik), oʻziga xos tadqiqot uslubiga (cheksiz kichiklar yoki limitga oʻtish vositasida analiz qilish), asosiy tushunchalarning maʼlum majmuasi (funksiya, limit, hosila, differensial, integral, qator) ga ega. M.a. mat.ning boʻlimi sifatida 18-a. oxirida shakllandi. M. a.ning tadqiqot predmeti funksiyalardan yoki oʻzgaruvchi miqdorlar orasidagi bogʻlanishlardan iborat. M. a.ning asoschilari I. Nyuton va G. Leybnitslardir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil