Matansas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Matansas — Kubadagi shahar. Matansas provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 125 ming kishidan ziyod (1990-y.lar oxiri). Transport yoʻllari tuguni. Atlantika okeanining Matansas buxtasidagi port (chetga shakarqand chiqariladi). Kimyo (jumladan, oltin-gugurt kislotasi, oʻgʻitlar, sunʼiy tola i.ch.), tamaki, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Arxeologiya muzeyi, shahar yaqinida Belyamar karst gʻori bor. Turizm rivojlangan. Shaharga 1693 y.da asos solingan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil