Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Markazii Osiyo hamkorligi tashkiloti — davlatlararo mintaqaviy iqtisodiy tashkilot. 1993-yil iyul oyida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida 1994—2000-yillarda iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish toʻgʻrisida bitim imzolandi. Integratsiya jarayonlariga sharoitlar yaratish maqsadlarida 1994-yil 10-yanvarda Oʻzbekiston va Krzogʻiston oʻrtasida Yagona iqtisodiy makon tashkil etish toʻgʻrisida Shart-noma tuzildi. Shartnomaga 1994-yil 16-yanvarda Qirgʻiziston qoʻshildi. 1996-yil 23 avgustda Olmaota shahrida oʻtkazilgan Davlatlararo kengash majlisida Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston Respublikasi kuzatuvchi (1998-yil 26-martdan aʼzo) sifatida tashkilotga qabul qilindi. 1998 i. 17-iyulda Choʻlponota shahrida (Qirgʻiziston) Yagona iqtisodiy makonni tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma ishtirokchilari — Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy birlashmasi "Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati" nomini oldi. 1999-yildan davlatlararo kengashda Gruziya, Turkiya, Ukraina kuzatuvchi maqomida ishtirok eta boshladi. Mintaqa mamlakatlarining yagona iqtisodiy makonni shakllantirish, mintaqa xavfsizligi va barkarorligi masalalarida, mintaqa mamlakatlarining oʻzaro hamkorligini yanada chuqurlashtirish, integratsion jarayonlarni, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiymadaniy va boshqa sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning muhimligini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tomonidan hamjamiyat faoliyati doirasini kengaytirish va uni "Markaziy Osiyo hamkorligi" tashkiloti deb atash taklif etildi va bu taklif Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston Respublikalari davlat boshliklarining Toshkent bayonotida (2001 i. 28 dekabr) oʻz ifodasini topdi. Davlat boshliklarining Olmaota uchrashuvida (2002-yil 28-fevral) "Markaziy Osiyo hamkorligi" (MOH) tashkilotini tuzish haqida Shartnoma imzolandi. Milliy muvofiklashtiruvchilar instituta tashkil etildi.

MOHni tashkil etishning asosiy maqsadlari: qatnashuvchi mamlakatlarning manfaatlarini hisobga olgan holda suv-energetika resurslaridan va suv xoʻjaligi obʼyektlaridan ratsional foydalanish; transport tizimining umummintaqaviy infratuzilmasini barpo etish (qarang Yevropa—Osiyo transport yoʻlagi); ishlab chiqarish kooperatsiyasi va savdo-iqtisodiy hamkorligini har tomonlama rivojlantirish; gumanitar sohada va ekologik muammolarni hal etishda oʻzaro hamkorlik; mintaqa xavfsizligini mustahkamlashda hamkorlikni kuchaytirish.

2002-yilda MOH davlat boshliklarining 4-marta uchrashuvi boʻlib oʻtdi (Olmaota — 28-fevral; Oqtov — 6—7-iyul; Dushanba — 5—6 oktabr; Ostona — 27 dekabr).

2002-yil 18-noyabrda Toshkentda MOH tashkiloti mamlakatlari parlamentlari aʼzolarining davlatlar qonunchilik bazalarini yaqinlashtirishga qaratilgan uchrashuvi, 2002-yil 28—29-noyabrda MOH tashkilotiga aʼzo davlatlar ishbilarmon doiralari va tadbirkorlarning Markaziy Osiyo hamkorligi — iqtisodiy integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish mavzuida biznes forumi oʻtkazildi. MOH tashkiloti doirasida Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etilgan.

Bahodir Xalilov, Sayfiddin Joʻrayev.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil