Maqbul Fida Husayn
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| Maqbul Fida Husayn | |
Maqbul Husayn. Doha, Qatar, 23-sentabr, 2010. |
|
| Haqiqiy ismi | मक़बूल फ़िदा हुसैन |
| Tavalludi | 17-sentabr, 1915-yil Pandharpur, Mumbay, Hindiston |
| Vafoti | 9-iyun, 2011-yil (95 yoshda) London, Birlashgan Qirollik |
| Sohasi | badiiy tasvir, kinematograf, fotografiya |
| Mashhur suratlari | "Ona Hindiston"; Ramayana va Mahabharataga illustratsiyalar |
| Mukofotlari | Padma Shri (1955) Padma Bhushan (1973) Padma Vibhushan (1991) |
Maqbul Fida Husayn (hindi: मक़बूल फ़िदा हुसैन, urdu: مقبول فدا حسين, maratxi: मकबूल फिदा हुसेन; 17-sentabr, 1915 – 9-iyun, 2011[1]) hind rassomi, suratkash, kinochi edi. Uni "Hindistonlik Picasso", deb atashadi, uning ijodi hind badiiy tasviriga katta taʼsir koʻrsatgan.[2]
Maqbul Husayn Cézanne va Matisse asarlaridan ilhomlanib, ularning uslubida Mahabharata va Ramayana kabi hind dostonlariga illustratsiyalar chizgan. Shuningdek u kubist uslubida ham ijod qilgan, bunda u kundalik hindlar hayotini tasvirlar edi.
Maqbul Fida Husayn 2011-yili 9-iyunda Londondagi Royal Brompton kasalxonasida yurak xurujidan vafot etdi.[3]