Mansur I (Somoniy)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mansur I

Somoniylar vakili Mansur I surati.
Somoniylar davlati amiri
Saltanat 24-noyabr, 961 — 13-iyun, 976
Oʻtmishdoshi Abdulmalik I
Davomchisi Nuh II
Farzandlari Mansur II
Abdulmalik II
Muntasir Ismoil
Dynasty Somoniylar
Otasi Mansur I
Dini Ahl as-Sunna val-Jamoa
Somoniylar hukmdori Mansur I ibn Nuhning mis tangalari. Buxoro, 964—965-yillar

Mansur I (Somoniy) — Movarounnahr hukmdori (961 — 976). Somoniylar sulolasi vakili.

Mansurning hukmronligi zaif boshqaruv va doimiy moliyaviy muammolar bilan ajralib turardi. Mansur Shahanshoh unvonini qoʻllagan birinchi Somoniy hukmdori boʻlgan, ehtimol bu uning raqibi, Buvayhiy hukmdori Adud ad-Davlaga javob sifatida qoʻllangan boʻlishi mumkin. Shuningdek, "Amir-i Sadid" („Odil/adolatli amir“) nomi bilan ham tanilgan.

Nuh I (943—954-yillarda hukmronlik qilgan) davridan boshlab Somoniylar saltanatida bir qancha qiyinchiliklar paydo boʻla boshladi. Jumladan, moliyaviy kamchiliklar, qoʻshindagi norozilik va Buvayhiylar kabi qudratli qoʻshni saltanatlarning paydo boʻlishi vaziyatlar yuzaga keldi. Ichki nizolar, qobiliyatli vazirlarning yoʻqligi va turkiy askarlarining (gʻulomlar) obroʻsining kuchayishi Somoniylar saltanatini zaiflashtirgan edi[1]. 961-yil oxirida Mansurning ukasi Abdulmalik I ning vafoti vorislik inqiroziga sabab boʻldi. Hukumatni amalda nazorat qilgan gʻulom Abdulmalikdan keyin kim boʻlishi kerakligi borasida ikkiga boʻlingan. Alptegin Xuroson hokimi Abdulmalikning oʻgʻlini qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, Mansurni bolaligidan tanigan Foiq Xassa unga toj kiydirilishini talab qildi. Mansur va Foiq oxir-oqibat gʻalaba qozonishdi. Alptegin Gʻaznaga qochib ketdi va u yerda Gʻaznaviylar sulolasiga asos solgan shaxsga aylandi[2].  Somoniylar saltanati, Narshaxiyning yozishicha, Abdulmalik vafotidan keyin ogʻir ahvolda qolgan[2]. Tarixchi Klifford Edmund Bosvort Mansur hukmronligini imperiya to‘qimasi mustahkam bo‘lgan so‘nggi davr deb hisoblaydi[3].

Mansur qoʻzgʻolonchi Alpteginning iziga tushib, oʻldirish uchun Abu Mansur Muhammadni Xurosonga hokim etib tayinlaydi va uni gʻulgʻulalar bilan jangga joʻnatadi. Ammo Abu Mansur Alpteginni oʻldira olmaydi. Alptegin Balxga qochib ketdi. Abu Mansur xo‘jayinining g‘azabidan qo‘rqib, Buvayhiy hukmdori Rukna ad-Davla tomoniga oʻtadi. Mansur tezda Abu-l-Hasan Muhammad Simjuriyni Xurosonga yangi hokim etib tayinladi va uni isyonkor Abu Mansur bilan kurashish uchun yubordi, Simjuriy Abu Mansurni tutib jazolaydi[4].

Xurosonda barqarorlik oʻrnatgan Simjuriy tez orada Buvayhiylar bilan urush boshlaydi. Buvayhiylar oʻsha yili Kaspiy dengizining janubiy qirgʻogʻidagi Tabariston va Goʻrgʻondan Somoniylar vassallari ziyoriylarni quvib chiqargan edilar. Oradan bir necha yil oʻtib Ziyoriyhukmdori Vushmagirning oʻlimi harbiy harakatlar toʻxtatilishiga sabab boʻldi va Buvayhiy Adud ad-Davla Somoniylarga soliq toʻlashga majbur boʻldi. Biroq bu o‘lpon toʻlash kelishuvi uzoqqa cho‘zilmadi. Buvayhiylar Somoniylarga qarshilik qilishda davom etdilar. Azud al-Davla somoniylar vassali Banu Ilyosdan Kermonni tortib oladi.

975-yilda Mansur Abu Abdulloh Jayhoniyning nabirasi Abu Abdulloh Ahmad Jayhoniyni vazir etib tayinlanadi, ammo u Somoniylar davlati tanazzulini toʻxtata olmaydi[5]. Keyingi yili Mansur vafot etadi va uning oʻrniga oʻgʻli Nuh II oʻtirdi[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Zarrinkoub & Negahban 2008.
  2. 2,0 2,1 Bosworth 1982b, s. 128.
  3. Bosworth 2002.
  4. Khaleghi-Motlagh, Dj. «Abū Manṣūr ʿAbd-al-Razzāq», 1983. 
  5. Fryn, R. N. «The Sāmānids». Cambridge University Press, 1975 — 155 bet. ISBN 0-521-20093-8. 
  6. Bosworth, C. E. «ʿAbd-al-Malek b. Nūḥ b. Naṣr». Encyclopædia Iranica, 1982 — 128 bet. 

Somoniylar sulolasi

Ahmad I (819 - 864)

Buxoro Amirlari
Nosir I (864 - 879)
Ismoil (879 - 888)
Nosir I (888 - 892)

Moveraunnahr hukmdorlari
Nosir I (875 - 888)
Ismoil (888 - 907)
Ahmad II (907 - 914)
Nosir II (914 - 943)
Nuh I (943 - 954/5)
Abdulmalik I (954/5 - 961/2)
Nosir III (961/2)
Mansur I (961/2 - 976/7)
Nuh II (976/7 - 997)
Mansur II (997 - 999)
Abdulmalik II (999)
Ismail II (999 - 1004/5)