Mansa Muso

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mansa Muso
موسى مانسا
Tavalludi ?
?
Vafoti 1332\1337
?
Fuqaroligi Mali Empire
Dini Islom

Mansa Muso (arabcha: موسى مانسا) - Mali davlatining eng taniqli Mansasi (oliy hukmdor) (1307-1332). U Mali davlatining asoschisi Sundiata Keytning jiyanidir. Uning davrida saltanat o’z qudratining cho’qqisiga erishgan. Mali davlati hududiga u davrda hozirgi Mali, Gvineya, Senegal, Mavritaniya, Niger kirgan. Muso haqida bir necha arab tarixchilari ma’lumot qoldirganlar. 1324-yilda Muso 80 mingga yaqin kishi bilan hajga otlangan. Yo’lida uchragan muhtojlarga katta miqdorda xayriya qilgan, shahar-u qishloqlarni obod qildirgan. 1325-yili haj safaridan qaytadi.

O’sha davrdagi arab sayyohi Ibn Battuta bergan ma’lumotga ko’ra Muso davrida Shimoliy Afrika davlatlari bilan savdo nihoyatda rivojlangan. Savdoda asosan tuz va oltin rol o’ynagan.

Muso o’qish va yozishni bilmagan. Har juma kuni borgan shahrida masjid qurdirgan. U boshqa din vakillariga ham yaxshi munosabatda bo’lgan.

Muso dunyo tarixidagi eng boy insonlar ro’yxatida 1-o’rinda turadi. 2012-yil 13-oktabrda Celebrity Net Worth bergan ma’lumotga ko’ra, Musoning boyligi bugungi hisob bo’yicha 400 milliard dollardan ortiqdir[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „25 самых богатых людей в истории“. Рейтинг. 2012-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]