Manipur (xalq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Manipur (meytxeilar) — xalq. Hindistondagi kukuchinlar guruhiga kiruvchi xalq, Manipuri shtatining asosiy aholisini tashkil etadi (1,65 mln., 2001Y.). M. tilida soʻzlashadi. Koʻpchiligi hinduizm (vishnuizm), shuningdek, xristian va islom diniga eʼtiqod qiladi. M.larning asosiy mashgʻuloti — deqqonchilik (sholi, tariq), chorvachilik; yuk tashuvchi hayvonlar, echki va choʻchqalar boqiladi. Xoʻjalikda baliqchilik, qisman ovchilik katta ahamiyat kasb etadi. Hunarmandchilikda toʻquvchilik rivoj topgan. M.lar ip va ipak gazlamalar tay-yorlaydilar, ularda gilam toʻqish mu-him oʻrin tutadi. M. xalqi oʻz milliy adabiyotiga (bangol alfaviti asosida) va boy folkloriga ega. Ularning raqs sanʼati mashhur.

Adabiyot[tahrir]

  • Narodi Yujnoy Azii, M., 1963; Sda-syuk G. V., Shtati Indii, M., 1981.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil