Mangostan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mangostan, mangustan (Gareinia mangostana) — dalachoydoshlar oilasiga mansub ikki uyli past boʻyli daraxt. Bargi qalin, yaxlit, toʻq yashil. Guli yakka yoki toʻp-toʻp, gulbargi qalin, pushti. Vatani — Malakka va Malay arxipelagi. Osiyo tropiklarida mevasi uchun oʻstiriladi. Mevasi dumaloq (apelsindek) qizil yoki jigarrangbinafsha, xushboʻy, mazasi nordonshirin, isteʼmol qilinadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil