Mango (meva)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mango
Mango

Mango (Mangitfera) — pistadoshlar oilasiga mansub, doim yashil daraxtlar turkumi; meva turi. Vatani — Janubiy va Jan.-Sharqiy Osiyo. M.ning 40 dan ortik, turi mavjud. Hindiston M.si (M. indica) tropiklarda yetishtiriladigan asosiy mevali daraxtlardan hisoblanadi. Boʻyi 10—45 m, quyuq bargli, koʻp shoxli, barg shakli nishtarsimon, baʼzan tuxumsimon, toʻq yashil, xushboʻy. Gullari ikki jinsli, mayda, roʻvaksimon toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi ovalsimon, kattaligi bodring bilan qovun oraligʻida boʻlib, uzun meva bandlari yordamida novdalarda osilib turadi. Sirti sariq. Danakli mevalar turkumiga kiradi. Etining rangi sariq, xomligida nordon, pishib yetilgach, shirin, mayin, sersuv, xushboʻy. Mevasi yangiligida yeyiladi, sharbatlar tayyorlanadi, konserva sanoatida qayta ishlanadi (qarang Sitrus oʻsimliklar).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil