Mangeym maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mangeym maktabi - 18-a. Man-geym sh. (Germaniya)da qaror topgan, sentimentalizmga yaqin boʻlgan ijodiy yoʻnalish. Simfoniya hamda kamer-cholgʻu musiqasi (trio, kvartet va b.) janrlarining shakllanishida muhim rol oʻynagan. M. m. ijodkorlari badiiy hissiyotlarini ifodalashda musiqiy dinamika vositalaridan, oʻziga xos topilmalaridan keng va mohirona foydalanib, Yevropa kompozitorlik musiqasida yangi uslub yaratishgan, Vena klassik maktabi shakllanishini tezlatishgan. M. m. asoschisi — chexiyalik kompozitor va skripkachi Ya. Stamits. Mangeym simfoniya ijodkorlaridan F. Rixter, A. Fili, K. Kannabix, K. Stamits va b. mashhur.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil