Malayziya tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Malayziya tili — avstronez tillari oilasiga mansub, Malakka ya. o. va unga yaqin orollarda, Shim. Kalimantanda tarqalgan. Malayziya Federatsiyasining rasmiy tili hisoblangan, 10 mln.dan ziyod kishi soʻzlashuvchi til; 1969 y.gacha u bilan birga "malayya tili" termini ham qoʻllangan. M. t. Malakka ya. o.dagi malay lahjalari, xususan, joxor lahjasi asosida rivojlanib kelmoqda. Bu laxja baʼzi tovushlari, fo-netik uzgarishlari va grammatik belgilari bilan adabiy tildan farq qiladi. Adabiy tilda bogʻlovchi va old koʻmakchilar mikdorining koʻpayishi, murakkab sintaktik tuzilmalarning rivojlanishi kuzatiladi; barcha sathlarda (terminologiya, soʻz yasalishi, sintaktik qoliplar va b.) indonez tilining taʼsiri seziladi. Lugʻat tarkibida arab va ingliz tillaridan oʻzlashmalar anchagina, terminlarning aksariyati inglizcha birikmalar qoli-pi asosida yaratilmoqda. Yozuvi lotin alifbosiga asoslangan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil