Maktab-internat
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maktab-internat — barcha yoki ayrim oʻquvchilari oʻquv yili davomida maktabda yashab bilim oladigan maktab turi. Baʼzi internat maktablarda oʻqituvchilar ham oʻquvchilar bilan yashaydi. „Internat“ soʻzi lotincha „internus“, yaʼni „ichkarida“ soʻzidan kelib chiqqan.
Internat (lot. internus — ichki) — Oʻzbekistonda maktablar va ayrim oʻquv yurtlari qoshida oʻquvchilar uchun, shuningdek, ota-onasiz qolgan bolalar (q. Internat maktab, Mehribonlik uyi), 1- va 2-guruh urush hamda mehnat nogironlari, faxriylar uyi. Oʻzbekistonda I.lar, asosan, 1919 y.dan boshlab tashkil etilgan.[1]