MHSK Stadioni
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| Toʻliq nomi | Markaziy Harbiy Sport Klubi Stadioni |
|---|---|
| Joyi | Toshkent, Oʻzbekiston |
| Qachon ochilgan | 1986 |
| Qachon taʼmirlangan | 2007-08 |
| Yuzasi | Oʻt |
| Hajmi | 16 500 |
| Maydon oʻlchamlari | 109 x 71 m |
| Maydon egalari | |
| Bunyodkor PFK | |
MHSK Stadioni yoki Markaziy Harbiy Sport Klubi Stadioni Toshkentning Bunyodkor futbol klubi stadionidir. Chilonzor tumanida joylashgan (Mirzo Ulugʻbek metro bekati yaqinida). 1986-yilda qurilgan bu stadion avvalboshda 21 000 kishiga moʻljallangan edi. 2007-08-yillarda taʼmir qilinganidan soʻng hajmi 16 500 kishilik boʻldi.