Luangprabang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Luangprabang, Luangpxabang — Laosning shim. qismidagi shahar. Aholisi 70 ming kishidan ziyod. Mekong daryosi boʻyidagi port. Aeroport bor. Mamlakatning shim. qismidagi iqtisodiy va madaniy markaz. Hunarmandchilik rivojlangan. Laosning qad. shaharlaridan biri. Qirol qarorgohi boʻlgan. Diniy markaz. 16—19-asrlarda qurilgan budda haykallari, 30 dan ortiq ibodatxona, Qirol saroyi, qad. qoʻlyozmalar kutubxonasi bor. Shaharga 14-asrda asos solingan. 1946-yilgacha L. Laosdagi turli feodal davlat va knyazliklarning poytaxti boʻlib keldi. 1947-yilda Laos davlati tuzilgach, mamlakat poytaxti Vyentyan shahriga koʻchirildi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil