Logistika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Logistika - transport va mol, axborot oqimini yoʻlga qoyadigan, optimalshtiradigan va boshqaradigan soha.


Logistika (yun. logistike — hisoblash, muhokama sanʼati) — 1) matematik mantiq tushunchasining sinonimi; 2) B. Rassel va uning maktabi vakillarining asarlarida bayon etilgan matematik mantiq taraqqiyotidagi bosqichning nomi. Nazariy mat.ga qarama-qarshi qoʻyiladigan hisoblash va geometrik oʻlchovlar "sanʼati" qadimiy mat.da L.deb atalgan. G. V. Leybnits "L." va matematik mantiq terminlarini oʻzi ishlab chiqqan xulosa chiqarishdagi hisobning sinonimi sifatida qoʻllagan. Uning gʻoyalari xoz. zamon matematik mantiqda oʻzining toʻliq ifodasini topgan. "L." tushunchasi logistik metod (formal mantiqni formallashtirilgan tillar nazariyasi yordamida bayon etish usuli), logistik tizim (formal tizim) va b. maʼnolarni ham anglatadi.[1]


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil