Livingston sharsharalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Livingston sharsharalari - Kongo (Zair) daryosi quyi oqimidagi 30 dan ortiq ostona va sharsharalar, Kinshasa va Matadi shaharlari oraligida. Kongo daryosining Janubiy Gvineya qirlarini kesib oʻtish joyida hosil boʻladi. Serostona joyining uz. 360 km, 220 m balandlikdan oqib tushadi. Livingston sharsharalarini aylanib oʻtgan temir yoʻl, yirik Inga GES qurilgan. Ingliz sayyohi D. Livingston nomi bilan atalgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil