Litota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kichraytirish, litotaistiora turlaridan biri. Oʻzbek mumtoz adabiyotida: tafrit, tasgʻir (moʻtadillikdan pastki holat). Kichraytirish 2 narsa, hodisa yoki tushuncha oʻrtasidagi umumiy va joʻzʼiy xususiyatlarga asoslanadi, ularning hajm, vaqt, oʻlchov jihatlari qiyosan kichraytiriladi. Mubolagʻaning aksi. Tasvir obyektini oʻta kichik, zaif qilib ifodalash orqali uning mohiyati taʼkidlanadi. Shuningdek, tasvirga haddan tashqari koʻtarinkilik, satirik va yumoristik ruh berish uchun ham qoʻllaniladi. Kichraytirish leksik jihatdan oʻxshatish, sifatlash, istioraga asoslanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil