Lipman Gabriyel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

LIPMAN (Lippmann) Gabriyel (1845.16.8, Xollerix, Lyuksemburg — 1921.12.7, "Fransiya" paroxodi) — fransuz fizigi, Parij FA aʼzosi (1886). Yorugʻlik interferensiyasiga asoslangan rangli fotografiya usulini (1891) va integral fotografiya usulini ishlab chiqqan (1908). Yer magnetizmi, mexanika masalalariga bagishlangan juda koʻp ishlar uning nomi bilan bogʻlangan. Elektr-kapillyar hodisasini, mayatnik va kamerton tebranishini, kvarsda pyezoelektrik effekt qaytuvchanligi hodisasini, galvanik elementlar qutblanishini tekshirgan. Nobel mukofoti laureati (1908). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil