Linkoln qoʻy zoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Linkoln qoʻy zoti - goʻshti va juni uchun boqiladigan yarim mayin junli toʻqol qoʻylar. 18—19-asrlarda Angliyaning Linkoln grafligida jaydari qoʻylarni leyster qoʻchqorlari bilan chatishtirib chiqarilgan. Qoʻchqorlari 130–190 kg , sovliqlari 80– 90 kg . Qoʻchqorlari yiliga 9–10 kg , sovliklari 6—6,5 kg jun beradi. Junining uz. 20—30 sm, bir xil, rangi oq, ipakdek tovlanuvchan, pishiq, 55—65% sof jun chiqadi. Tolasining ingichkalik sifati 36—44. 100 sovlikdan oʻrtacha 120 qoʻzi olinadi. 20-asrning 60-yillarida Oʻzbekistonda Parkent va Ohangaron tumani xoʻjaliklarida Linkoln qoʻy zotiz. ishtirokida jaydari qoʻylar negizida goʻsht-jun yoʻnalishidagi duragay va mu-rakkab duragay (Linkoln qoʻy zotiz.ni merinoslar bilan chatishtirishdan olingan duragaylardan foydalanib) qoʻylar olindi va koʻpaytirildi, goʻshtdor-jundor Oʻzbekiston qoʻy zotini yaratish va uni takomillashtirish ishlari boshlandi. Bu duragay qoʻy jaydari qoʻylarga Karaganda 2—2,5-marta koʻp jun beradi, uz. 13—16 sm (qarang Mayin junli qoʻylar).

Ad.; Tapilskiy I.A., Toshkent viloyatida goʻshtdor-jundor qoʻylarni koʻpaytirish, T., 1969; Kiyatkin P.F., Protsess porodoobrazovaniya ovets, T., 1964.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil