Likasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Likasi (1966 y.gacha Jadovil) - Kongo Demokratik Respublikasidagi shahar. Shaba provinsiyasida. T. y. stansiyasi. Aeroport bor. Aholisi 300 mingdan ziyod kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Mis-kobalt rudalari qazib olinadigan va rangli metallar ishlab chiqariladigan r-n markazi. Rux konsentratlariga ishlov beriladi. Kimyo sanoati, qurilish materiallari va temir-beton konstruksiyalari i.ch. korxonalari, mineralogiya muzeyi bor. L.ga 1917 y.da asos solingan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil