Lidiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lidiya — Kichik Osiyoning gʻarbidagi tarixiy viloyat. Asosan, Germ va Meandr daryolari vodiysida joylashgan. M. orqali Sharqqa muhim savdo yoʻllari oʻtgan. Lidiyaliklar Kichik Osiyoga koʻchib kelgan turli elatlar taʼsiriga uchramay, anʼanaviy turmush tarzlarini saqlab qolishgan. Frigiya davlati parchalangach, lidiyaliklarning roli kuchaygan. Ular kimmeriylarniit hukmronligidan xalos boʻlib, azaldan savdo va madaniy aloqada boʻlib kelgan Kichik Osiyoning gʻarbiy qirgʻogʻida joylashgan yunon shaharlarini boʻy-sundirganlar. Sardi sh. L.ning poytaxti, hukmron sulola esa — Mermnadlar boʻlgan (podshoxlar Giges, Aliatt, Krez). Bu sulola vakillari oʻz hokimiyatlarini Kichik Osiyoning sharqiga, Galis daryosiga qadar yoyganlar. 547 y. forslar shohi Kir II L. podshosi Krezni magʻlubiyatga uchratgan va L. Axomaniylar davlatinnit satrapiyasiga aylangan. L. zodagonlari savdo munosabatlari juda taraqqiy etganligi va mamlakatda boy oltin konlari mavjudligi tufayli ulkan boylikka ega boʻlishgan. Tarixda lidiyaliklar birinchi boʻlib tanga zarb etishgan — deb hisoblanadi. Mil. av. 334 y. L. Aleksandr saltanati, Salavkiylar davlati, Pergam va Rim imperiyasi tarkibiga (Osiyo viloyatining bir qismini tashkil etgan) kirgan. Gerodotning yozishicha, lidiyaliklarning bir qismi Etruriyaga koʻchib ketgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil