Li Sofus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

LI (Lie) Sofus (1842.17.12, Norfyerdeyd — 1899.18.2, Kristianiya, hozirgi Oslo) — norveg matematigi. Peterburg FA xorijiy muxbir aʼzosi (1896). Oslodagi Xristianiya universitetini tugatgan (1865); shu universitetda (1872—86), soʻng Leypsig universitetida (1886—98) prof. Li gruppalari deb ataladigan uzluksiz gruppalar nazariyasining asoschisi (q. Gruppa). L.ning bu sohadagi ishlari differensial tenglamalar nazariyasida, algebra, geometriya, topologiya va b. sohalarda muhim oʻrin tutadi. N.I.Lobachevskiy nomidagi Xalqaro mukofotga sazovor bulgan (1897).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil