Ley (pul birligi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ley — 1) Ruminiya Respublikasi pul birligi. 1867 y.dan muomalaga chiqarilgan (1890 y.gacha mamlakatda fransuz franki bilan birga muomalada boʻlgan), 1890 y.dan yagona milliy valyuta. 1 L.=100 ban. Xalqaro ifodasi ROL. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari=33261L. (2003, mart). 2) Moldaviya Respublikasi pul birligi. 1993 y. 29 noyabrda muomalaga chikarilgan. 1 L.= 100 ban. Xalqaro ifodasi MOL. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari= 14,38 L. (2003, mart).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil