Lev Levayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lev Avnerovich Levayev
Лев Авнерович Леваев
Tavalludi 30-iyul 1956-yil (1956-07-30) (67 yosh)
Fuqaroligi Isroil
Bolalari 9ta farzandi bor.

Lev (Levi) Leviev (1956-yil 30-iyulda tugʻilgan) – isroillik olmos magnati, investor va xayriyachi. Leviev [[1997—2018-yillar oraligʻida koʻp tarmoqli konglomerat boʻlgan Africa Israel Investments kompaniyasining raisi va asosiy aksiyadori boʻlgan[1]. Leviev 1971-2007-yillarda Isroilda yashagan va keyinroq Londonga koʻchib oʻtgan. Sharqiy Yevropa va Isroilda Chabad Lubavich ishlariga xayriya qilgan[2]. Forbes maʼlumotlariga koʻra, 2018-yilda Levievning boyligi 1 milliard dollarga teng edi[3].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leviev 1956-yilda Oʻzbekiston SSRning Samarqand shahrida tugʻilgan[4][5]. Uning ota-onasi Avner va Chana Levievlar Buxoro yahudiylari jamoasining taniqli vakillaridan boʻlishgan, Leviev esa pravoslav yahudiydir. U chobod harakati tarafdori, ammo buxorolik yahudiy sifatida Buxoro liturgiyasida tarbiyalangan. 1971-yilda oʻn besh yoshga toʻlganida oilasi Oʻzbekistondan Isroilga koʻchgan[6]. Levievning Isroilga koʻchib ketishiga oʻsha vaqtda Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlagan Burhon Usmonov (Alisher Usmonovning otasi) yordam bergan edi[7].

Isroilga koʻchib oʻtganidan koʻp oʻtmay, Leviev olmosni tozalash zavodida ishlay boshladi va olmos kesish jarayonining 11 bosqichini oʻrgandi. Isroil mudofaa kuchlarining aloqa boshqarmasida xizmat qildi[8]. 1977-yilda oʻzining olmos parmalash zavodini yaratdi. 1980-yilda olmos sanoatidagi tanazzul tufayli kredit tanqisligidan aziyat chekkan 12 ta raqobatdosh zavodni sotib oldi. Qaynotasining yordamida rivojlantirdi. 1992-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtdi va Rossiyaning eng qadimgi zargarlik fabrikasi, Moskvadagi Ruis Diamonds Ltd. va Moskva zargarlik fabrikasini (ruscha: Московский ювелирный завод) sotib oldi[9][10]. Qimmatbaho metallar va olmoslar bosh boshqarmasi (Glavalmazzoloto) vakili Valeriy Rudakov (ruscha: Валерий Владимирович Рудаков) va Yakutskalmaz trestining sobiq rahbari Levievning Ruis Diamondsga egalik qilishiga yordam berdi[11].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Who Is Lev Leviev, the Israeli Billionaire With Ties to Jared Kushner and Putin“ (en). Haaretz. Qaraldi: 2022-yil 8-avgust.
  2. „Leviev's Africa Israel stock plummets“. JTA - Jewish & Israel News (2009-yil 1-sentyabr). 2009-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Forbes profile: Lev Leviev“. Forbes. Qaraldi: 2019-yil 22-aprel.
  4. „The Tinder Swindler: Who are the real Leviev family and what is LLD Diamonds?“ (en-GB). UK (2022-yil 8-fevral). Qaraldi: 2022-yil 5-oktyabr.
  5. Крутов, Марк (Krutov, Mark). „Конец "алмазного короля". Арестованы родственники друга Путина и Трампа“ (ru). Radio Free Europe/Radio Liberty (2018-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 6-dekabr.
  6. „Leviev Lev (Africa - Israel Group)“. Rough-Polished website (2009-yil 24-noyabr). 2011-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  7. ISRALend: Levaev zainteresovan v tom, chtobi ALROSA pereshla pod kontrol Usmanova i Kerimova
  8. „Leviev Lev (Africa - Israel Group)“. Rough-Polished website (2009-yil 24-noyabr). 2011-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „Лев Леваев купил права на Playboy и Pamela Anderson вместе с производителем украшений“ (ru). Kommersant (2007-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 6-dekabr.
  10. Weldon, Robert. „The Discreet Tycoon: Many jewelers don't yet know Lev Leviev, though his share of worldwide diamond holdings, diversified investments and political contacts make him a force to be reckoned with“. The Professional Jeweler Magazine (2002-yil yanvar). 2002-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  11. Крутов, Марк (Krutov, Mark). „Конец "алмазного короля". Арестованы родственники друга Путина и Трампа“ (ru). Свобода (2018-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 6-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]