Lev III

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lev III (taxm. 675 — 741) — Vizantiya imperatori (717 y.dan). Isavriya sulolasi asoschisi. Konstantinopol boʻsagʻasida (718 i.), Akroinos yaqinida (740 y.) arablar hujumini qaytargan. L. III 726 y.da Eklog (Qonunlar toʻplami) ni nashr ettirgan. Ikonaga qarshi kurashuvchilar harakati asoschisi. LEV VI Dono (866 — 912) — Vizantiya imperatori (886 y.dan). Makedon sulolasidan. L. VI eski qonun normalarini qaytadan koʻrib chiqish va qonunlar toʻplami — Vasiliki (baziliki) toʻgʻrisida farmonlar (novellalar) chiqargan (890 y.). Arablar bilan urushlar olib borgan. Bolgariya bilan boʻlgan urush (894—896 y.lar) da magʻlubiyatga uchragan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil