Letargiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Letargiya (yun. lethargia — unutish) — patologik uyqu, odamning uxlayotgandek harakatsiz holati; bunda hayot belgilari nihoyatda susayadi. Ogʻir hollarda nafas susayishi, tomir urishi sezilmasligi, turli taʼsirotlarga reaksiya boʻlmasligi kuzatiladi. Toʻsatdan roʻy berib, bir necha soatdan bir necha kungacha (baʼzan oylab) davom etishi va oʻz-oʻzidan yoʻqolishi mumkin. L.da xotira qisman saqlanadi. Isteriya, kamqonlik umumiy darmonsizlikda, kuchli hayajonlanishdan keyin uchraydi. L. bosh miya poʻstlogʻi va poʻstloq osti tuzilmalarining haddan tashqari tormozlanishi tufayli roʻy beradi. L. hayot uchun xavf tugʻdirmaydi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil